TIQXMMI yangiliklari

img
03.12.2021

To’rtta sektor oldidan seminar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4851-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil 30-noyabr kuni institutimizda IT ga qiziquvchi talabalar bilan seminar tashkil etildi. “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti”  fakulteti dekani A.Isakov, “Axborot texnologiyalari” kafedra mudiri Z.Abdullayev hamda Ilmiy bo’lim xodimi Z.Xolmatovlar hamda mehmon sifatida IT-Park vakilli M.Musurmankulova ishtirokida “Open Data Challenge” xakatoni loyihalarni qanday qilib tayyorlash va ularni himoya qilish bo’yicha taqdimot qildilar.

3-5 dekabr kunlari bo’lib o’tadigan “Open Data Challenge”  xakatoni 4-ta yo’nalishda: 1)Davlat sektori;  2) Ijtimoiy sektor;  3) Biznes sektor;  4)Korrupsiyaga qarshi kurashish sektori bo’lib o’tadi. Bu seminarda IT sohasiga qiziquvchi talabalar qatnashib  juda qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Seminarda talaba hamda yosh o’qtuchilar o’zlari qiziqtirgan savol va javoblar bilan o’tdi. Yakunda institutimiz yosh IT qiziquvchi hamda innovatsion g’oyali, iqtidorli talabalar ro’yxatdan o’tib o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishni rejalashtirildi. Kelajakda bunda seminarlar o’z mevasini tez kunlarda berishiga ishonamiz talabalarimizga omad tilab qolamiz.

QSXET fakulteti dekan o’rinbosari A Mutalov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati