TIQXMMI yangiliklari

img
14.10.2023

“TIQXMMI“ Milliy tadqiqot universitetining Axborot-resurs markazi rasman ochildi

chilish marosimida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qatnashib, universitet jamoasi va talabalarni zamonaviy raqamli kutubxonaning ishga tushishi bilan qutladi. Mazkur Axborot-resurs markazi oʻqituvchi-professorlar, tadqiqotchilar va talabalarning oʻz ishlarida ishlashlari, bilimlarini mustahkamlab, yurtimiz ilmiy salohiyatini kuchaytirishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

400 oʻringa moʻljallangan mazkur Axborot-resurs markazi fondida jami 87.035 nomdagi 641 646 nusxada chop etilgan adabiyotlar mavjud boʻlib, ayni damda Axborot resurs markazi fondida mavjud adabiyotlar toʻla-toʻkis raqamlashtirildi. Foydalanuvchilarga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida universal IRBIS 64+ avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi joriy etildi hamda ID karta va Face ID orqali foydalanuvchilarning kirib chiqishini nazorat qiluvchi turniketlar oʻrnatildi.

Shuningdek, zamonaviy tipdagi 200 tadan ortiq (Core i7) kompyuterlar va planshetlar hamda imkoniyati cheklangan talabalarga xizmat koʻrsatish uchun maxsus qoʻshimcha vositalar bilan taʼminlandi.

Shu bilan birgalikda, foydalanuvchilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida Axborot resurs markazi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi hamda bir nechta xorijiy universitetlar kutubxonalari bazalari bilan integratsiya qilindi. Bu orqali professor-oʻqituvchilar va talabalarga u yerdagi mavjud adabiyotlardan erkin foydalanish imkoniyatlari yaratildi.

Manba: edu.uz