TIQXMMI yangiliklari

img
10.01.2024

Ta’tildan qaytgan talabalar bilan

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, "Energetika" fakulteti  joriy yilning 9-yanvar kuni  3-talabalar turar joyida talabalarni oshxona va xona tozaliklari tekshirildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba yoshlarni oshxona, yotoq joylari va yuvinish xonalarni toza ozoda saqlashga, shu bilan birgalikda har bir talabani o‘z shaxsiy buyumlari bo‘lishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalar bilan suhbat jarayonida ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi. Talabalar turar joyida bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish uchun kutubxona, turli xil to‘garaklar va sport mashg‘ulotlari bilan doimiy shug‘ullanish aqliy hamda jismoniy chiniqishga olib kelishi bo‘yicha  tavsiyalar berildi.

Energetika fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati