TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2024

Talabalar turar joyida «ZAKOVAT» intellektual o'yini o'tkazildi

        Joriy yilning 15 aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  “Gidrotexnika qurilishi” va “Ekologiya va huquq” fakultetlari dekan maslahatchilari F.Yunusova va B.Mamadaminovalar rahbarligida 1-Talabalar turar joyi “Gidrotexnika qurilishi” va “Ekologiya va huquq”fakultetlari talaba qizlari o'rtasida «ZAKOVAT» intellektual o'yini o'tkazildi. Bellashuvda  har bir guruhdan 4 nafardan talaba qizlar ishtirok etishdi. Qizg'in bahs-munozarali savol-javoblar orqali o'tkazilgan tadbirda 2 ta jamoa a'zolari ham o'z bilimlarini va aqliy salohiyatlarini namoyon qilishdi. Bellashuvda “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talaba qizlari o'z ustunliklarini namoyon etishdi. G'oliblar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova va "GTQ" fakulteti tyutori D.Xursandovalar  axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati