TIQXMMI yangiliklari

img
11.01.2024

Talabalar Qurolli kuchlar muzeyida

2024 yil 10 yanvar kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakultetining 80 nafardan ortiq talabalari hamda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyev va fakultet tyutorlari G.Shodiyeva, D.Egamovalar birgalikda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Mudofaa vazirligi qoshida tashkil etilgan “Qurolli kuchlar muzeyiga” sayohat amalga oshirildi.

Muzeyga tashrif chog‘ida talabalar muzeyda O‘zbekiston qurolli kuchlarining tarixi va bugungi kundagi harbiy sohada mavjud bo‘lgan texnikalar, qurol yarog‘lar va mamlakatimiz mudofaa qudratini ko‘rsatib beruvchi eksponatlar bilan tanishishdi. Muzey eksponatlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati