TIQXMMI yangiliklari

img
22.12.2023

Talaba qizlar uchun

Joriy yilning 20 dekabr kuni Jamoada ishlayotgan faol, ibratli ayol professor-oʼqituvchilarni jalb qilgan holda talaba-qizlar oʼrtasida “Sharqona odob-axloq” va “Talaba-qizlar kelajak hayotga tayyormi?” mavzularida targʼibot ishlarini amalga oshirish maqsadida qator tadbirlar oʼtkazilmoqda. Аna shunday tadbirlardan biri “Yer resurslari va kadastr” fakultetida ham boʼlib oʼtdi.

Unda Unversitetimiz “Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi” raisi Z.Ismailova, “Yer resurslari va kadastr” fakultet hamda "Gedrotexnika qurilishi" fakultet dekanlari va kengash aʼzolari Z.Hafizova, F.Yunusova, D.Xursandova, Yer resurslarini boshqarish fakuteti dekan muovini H.Eshova, fakutet tyutorlari va talaba-qizlar ishtirok etishdi. Tadbirda soʼzga chiqqan ayol professor-oʼqituvchilar talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ahamiyatga ega boʼlgan va qizlar bilishi zarur boʼlgan maʼlumotlar yoritib berildi.

Tadbirda talaba-qizlar qanday axloqqa ega boʼlishi kerakli ularning kiyinish madaniyati kabi mavzularda soʼz bordi. Davra suhbatlar jarayonida milliy urf-odatlar va qadriyatlar masalasi xususida ham kerakli ma'lumotlar berildi. Bu uchrashuvlardan koʼzlangan asosiy maqsad esa talaba-qizlarni hayotga tayyorlash, ularga toʼgʼri yoʼl koʼrsatish hamda maʼnaviyati va dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan. Shuningdek talaba-qizlarimiz tomonidan qovoqlardan tayyorlangan turli salatlar, karvin sanatlari, hamda chivarchilik mahoratlari bo'yicha ham master-klasslar namoyish etishdi.

Tadbir so`ngida fakultetlar “Xotin-qizlar masalalari" boʼyicha dekan maslahatchilari Z.Xafizova  tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirni badiiy qismiga berildi. Unda fakultetimizni tashabbuskor talaba qizlarimiz o‘zlarini ajoyib raqslari  bilan  barcha yigʼilganlarni xushnud etishdi. Faol ishtirok etgan talaba-qizlarimizni fakultet rahbariyati va fakultet xotin-qizlar kengashi raisi Z.Xafizova  tomonidan sovg'alar bilan taqdirlandi.

                         

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Unversitet matbuot xizmati