TIQXMMI yangiliklari

img
22.12.2023

Spektakl tomoshasidagi zavq

Jadid ma'rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiyning teatrni ibratxona deyishi bejiz emas. O'zbek Davlat milliy akademik drama teatriga spektakl tomoshasiga borgan universitetimiz rektorati a'zolari shunga iqror bo‘lishdi. O'zbekiston oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining joriy yil 4-dekabrdagi 123-sonli xatining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan teatr sari tashrif ko'ngildagidek o'tdi.

O'zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning ,,Yulduzli tunlar'' romani asosida ishlangan spektakl tarix orqali bugungi kunni his qilish va kelajagni to'g'ri belgilash uchun ham ahamiyatli bo'lgan ushbu teatr tomoshasi tarix orqali istiqbolga nazar tashlash bilan ibrat oynasidir.

O'tmishda sodir bo'lgan turli ichki voqealar bugunning ba'zi bir muammolarning ham yechimiga daxldordir. Xullas spektakl, dekan va prorektorlarning barchasiga birdek ma'qul keldi. Spektakl tugagach barcha ko'ngil to'qligi va shod-u xurramlik bilan tarqalishdi.

            Universitet matbuot xizmati