TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2023

“Sanam school” o‘quv markazida

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish” bo‘yicha farmonlari qabul qilingan.

Milliy dastur vazifalaridan kelib chiqib, oliy ta'limda tahsil olayotgan talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil qilish, talaba-qizlarning oliy ta'lim olishlari bilan bir vaqtda hunar egallashlariga ko‘maklashish  maqsadida  “TIQXMMI” MTU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi taklifi va rektorning qo‘llab-quvvatlashlari bilan 70 dan ortiq talaba qizlarimiz “SANAM SCHOOL” o‘quv markazida “Tikuvchilik”, “Qandolatchilik”, “Hamshiralik” bo‘yicha kasb-hunar sirlarini egalladilar.

Joriy yilning 18 may kuni “TIQXMMI” MTU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi Z.Ismailova tashabbusi bilan Kengash a’zolari D.Xursandova, M.Muxamedova va “SANAM SCHOOL” o‘quv markazi direktori F.Mirzaalimovalar boshchiligida “Hamshiralik” sirlarini o’rgangan talaba-qizlar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyda jahon sivilizatsiyasida muhim o‘rin egallagan bobomiz Abu Ali ibn Sinoning boy va serqirra ilmiy merosi namunalari, xalq tabobati bo‘yicha davolash namunalari, 2-jahon urushi davrida xizmat ko‘rsatgan O‘zbekistonlik shifokorlar haqida, tibbiyot xodimlarini tayyorlash kurslari haqida va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha eksponatlar va maketlarni tomosha qilishdi.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati