TIQXMMI yangiliklari

img
17.05.2023

Rossiyalik professorining universitetimizga tashrifi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti bilan tuzilgan 2023 yil 23 martdagi 310-sonli mehnat shartnomasiga asosan Buyuk Petr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti “Gidrotexnik va energetik qurilishi” oliy maktabi professori, texnika fanlari doktori Politayeva Natalya Anatolyevna “Ekologik monitoring” fanidan mashg‘ulotlar hamda universitet olimlari bilan qo’sma tadqiqotlar olib  borish uchun tashrif buyurdi. Universitetimiz Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori, professor Saloxiddinov Abdulxakim Temirxo‘jayevich, “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani B.X.Norov, “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri A.Xomidov hamda xalqaro aloqalar boʼlimi masʼul xodimlari ishtirokida oʼtgan uchrashuvda ikki universitetlararo o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Shu jumladan, ekologiya va atrof muhit muhofazasi, oqava suvlarini qayta ishlash, biotexnologiya va chiqindilarga ishlov berish kabi sohalar bo‘yicha hamkorlikda ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash, doktorantlar va ilmiy izlanuvchilarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etish kabi masalalar kelishib olindi. Uchrashuvdan soʼng martabali mehmon universitetimizning oʼquv-ilmiy laboratoriyalariga tashrif buyurdi. 10 hafta davomida professor, texnika fanlari doktori Politayeva Natalya Anatolyevna tasdiqlangan dars jadvaliga asosan “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalariga “Ekologik monitoring” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib boradi hamda universitet olimlari bilan qo’sma tadqiqotlar olib boradi.

Universitet matbuot xizmati