TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2023

Rektorning Olmazor tumani yoshlari bilan uchrashuvi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori prof. B.Mirzaev Toshkent shahar, Olmazor tumanida muammoli yoshlarni o‘rganish, ularga har tomonlama yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish maqsadida tumandagi Islom ota mahallasida istiqomat qiluvchi 4 nafar yoshlar bidan uchrashdi.

Uchrashuvda mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori ishtirok etdi. Muammoli yoshlarni suhbat asosida o‘rganish jarayonida, jumladan, S.Rustamov hozirda hech qanday muammosi yo‘qligi, oliy ta’limga qiziqishi kuchli ekani, matematika bilimlariga qiziqishi, buxgalteriya sohasida o‘qib oliy ma’lumotli bo‘lishni, G.Imomovaning hozirda oilaviy muammolari yuzasidan ajrim yoqasida ekani kelajakdagi rejalari katta ekani, R.Nagaev esa ikkita joyda ishlashligi, hech qanday muammosi yo‘qligi, K.Musaoxunov hozirda Rossiya Federatsiyasining Kazan shahrida vaqtincha bo‘lib turgani sababli uning onasi tomonidan tez orada Toshkentga qaytib kelishi va uylanishligi yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Uchrashuv yakunida yoshlar muammolari va takliflari bo‘yicha yordam ko‘rsatish  bo‘yicha rektor tomonidan mas’ullarga topshiriq berildi.