TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2023

Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif

Qatagʻon qurbonlarini yod etish maqsadida Toshkent irrigatsiya  va  qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova tashabbusi bilan  joriy yilning 5 oktabr kuni CXM 102 guruh talabalari  bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga  tashrif  buyurishdi. Talabalar muzeyda chor va sovet hokimiyati davrida vatan ozodligi yoʻlidagi faoliyati hamda xattiharakati uchun qatagʻon etilgan vatandoshlar  xotirasini abadiylashtirilgan ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishishti.

Muzeyning ilmiytematik ekspozitsiyasi 7 boʻlimdan iborat. Bino anʼanaviy meʼmorlik uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, ravoq va boshqalar)da qurilib, milliy bezaklar bilan ziynatlangan.  Talabalar  xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasi va yodgorlikda o‘z abadiyatini topganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad talabalarda insonning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda ajdodlarga nisbatan mehr, iftixor tuyg‘ularini oshirish, ajdodlarga munosib tarzda hayot kechirishlari, mehnat qilishlari va buyuk ishlarni amalga oshirish sari ilhom baxsh etishdan iboratdir. Muzeydan olingan taassurot talabalarda estetik hamda ma’naviy zavq bag‘ishladi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori D.Axrorovaning axboroti

Universitet matbuot xizmati