TIQXMMI yangiliklari

img
18.12.2023

“O’zbekiston-Xitoy qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan irrigatsiya texnologiyasi va undan samarali foydalanish” bo'yicha hamkorlik

TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti o‘quv tajriba xo‘jaligiga  Xitoyning Shinjon provinsiyasi Xinjiang Tianye “Water Saving irrigation” Co, Ltd. Bosh direktori Yang Wansen rahbarligida delegatsiyasi hamda Xinjiang Beifang Construction Co, Ltd. Bosh direktori  Lu Jianli rahbarligida delegatsiya a’zolari “O’zbekiston-Xitoy qishloq xo‘jaligida suvni  tejaydigan irrigatsiya texnologiyasi va undan samarali foydalanish” buyicha hamkorlik o‘rnatish uchun tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Xitoyning Xinjiang Tianye “Water Saving irrigation” Co, Ltd. tomonidan tayyorlangan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitet tajriba uchastkasiga 5 gektar maydonga sug‘orishni avtomatik boshqaruv tizimi va 15 gektar maydonga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etish loyihasi muhokama qilindi va 2024 yilning bahor faslining ilk oylarida amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.