E'lonlar

19.12.2023

Oʼzbekiston Respublikasi talaba va magistrantlari oʼrtasida “Suv Tekin Yemas” tanlovi qoidalari

Oʼzbekiston Respublikasi talaba va magistrantlari oʼrtasida “Suv Tekin Yemas” tanlovi qoidalari

1.  UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi talaba va magistrantlari o‘rtasida “Suv Tekin Emas” shiori ostida tashkil qilingan kontent yaratuvchi tanlovini (keyingi o‘rinlarda Tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1.2. Tanlov Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilgan O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

1.3. Tanlov suv qadrining mohiyatini, suvni va umuman tabiatni asrash zaruriyatini, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydlanish madaniyatini ochib berishni O‘zbekiston Prezidentining “Suv tekin emas” shioriga mos keladigan eng yaxshi videorolik, eng yaxshi foto, va eng yaxshi Telegram postlarni aniqlaydi.

2.  TANLOV MAQSADI 

Tanlov suv resurslarini asrash va barchaning toza ichimlik va sug’orish suvidan foydalanishi imkoniyatiga ega bo‘lishi masalasida jamoatchilik fikrini faollashtirish hamda yoshlarni shu yo‘nalishda tarbiyalash maqsadida o‘tkazilmoqda. Tanlov Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlanadi.

3.  TANLOV MAVZUSI

3.1. 1 daqiqagacha qisqa video tanlovi. Tanlovga Tik Tok videolari, telefon, foto yoki video kamerada suratga olingan hujjatli va badiiy havaskor videolarni qabul qilamiz; Asosiy talab - suvni tejash mavzusi va "Suv Tekin Emas" shioriga rioya qilish.

3.2. Fotolar tanlovi. Tanlovga telefon yoki kamera bilan olingan suratlar qabul qilinadi. Asosiy talab - suvni tejash mavzusi va "Suv Tekin Emas" shioriga rioya qilish.

3.3. Telegram postlari uchun kontent tanlovi. Tanlov talabalar tomonidan suvni tejash mavzusida yaratilgan qiziqarli materiallarni qabul qiladi. Asosiy talab - suvni tejash mavzusi va "Suv Tekin Emas" chaqirig‘iga rioya qilish.

4.  TANLOV IShTIROKChILARI

4.1. Tanlov O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan  o‘quvchi, talaba va magistrantlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

4.2. Faqat individual ishlar qabul qilinadi. 

4.3. Ishlar uchinchi shaxsning huquqlarini buzadigan va/yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid keladigan ma'lumotlarni saqlashi taqiqlanadi.

5.  TANLOVNING TEXNIK TALABLARI 

Tanlovga qo‘lida mavjud har qanday vositalar yordamida video va foto suratga olingan (yaratilgan) mavzuga mos keluvchi video va fotosuratlar taqdim qilinishi mumkin.

Videorolikka qo‘yiladigan talablar: 

•         video formati: MP4 h264 
•         videorolik davomiyligi – 1 daqiqagacha;
•         videorolik formatini mualliflarning o‘zlari hal qilishadi (voqea, reportaj, musiqali video, animasiya va boshqalar).

Fotosuratlarga qo‘yiladigan talablar:

•         fotosurat formati JPG, JPEG;
•         fayl hajmi 2Mbgacha;
•         fotosuratlar internetdan yuklab olingan emas, balki ishtirokchilar tomonidan shaxsan suratga tushirilgan bo‘lishi kerak;

6.  G‘OLIBLARNI TANLASh TARTIBI 

Tanlovda ishtirok yetish uchun:

1-QADAM – video, rasm yoki Telegram postini yarating.

2-QADAM – tayyorlagan materialingizni @students_tanlov_admin TG manziliga yuboring va administratordan javob kuting ( FAQAT BITTA VIDEO/FOTO YoKI TG POST YuKLASh MUMKIN).

3-QADAM - Administratorning ko‘rsatmalariga amal qiling va u yuborgan havolani iloji boricha ko‘proq do‘stlaringizga yuborib ulardan sizga ovoz berishlarini so‘rang.

·        Tanlov natijalariga ko‘ra 3 nafar g‘olib aniqlanadi (har bir nominatsiyada bittadan)
·        Tanlov ishlari sharhlanmaydi va qaytarilmaydi. Tanlovda ishtirok etish va uning natijalari bo‘yicha murojaatlar qabul qilinmaydi.

SONI BO‘YICHA ENG KO‘P OVOZ TO‘PLAGAN IShTIROKChI G‘OLIB DEB TOPILADI
ALBATTA: tanlovda ishtirok etish uchun ariza shakli ilova qilinadi.

ARIZA SHAKLI

  Ishtirokchining ismi sharifi
   O’qish joyi (nomi, manzili)
   Telefon raqamlari
   Uy manzili
  elektron pochta manzili
   Vakillarning Ismi va telefon raqamlari, oliy ta’lim muassasi

7. TANLOV YUTUQLARI: 

1- nominatsiya: planshet 
2- nominatsiya: smartfon
3- nominatsiya): Smart watch