TIQXMMI yangiliklari

img
10.01.2024

Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari muzeyi tashrif

Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari markaziy muzeyi — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli muassasalardan biri xisoblanadi. 1965-yilda Markaziy ofitserlar uyi qoshida Turkiston harbiy okrugi jangovarlik shuhrati muzeyi sifatida tashkil etilgan. Muzeyning umumiy maydoni 3 ming kv.m, eksponatlari esa 10 mingdan ortiq ekspozitsiyalar (buyumashyolar, hujjatlar, jangovar mukofotlar va qurolyarogʻlar) mavjud. 1975-yil 7-mayda hozirgi binosiga koʻchgan.

 

 

10.01.2024 yil, kun Toshkent irrigatisya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash fakulteti tyutori J.Sadullayev tashabbusi bilan, fakultetning 1-kurs faol iqtidorli talabalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari markaziy muzeyiga tashrif buyurishdi. Talabalar muzey eksponatlari bilan tanishishdi. Tashrifdan  asosiy maqsad, talaba yoshlar harbiy vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

QXM fakulteti tyutori J.Sa’dullayev axboroti.

Universiteti matbuot xizmati