TIQXMMI yangiliklari

img
23.12.2023

O'zbekiston mexanik olimlari

Ushbu nom ostida chop etilgan kitob qo‘limizda turibdi, kirish maqolasidan oldin keltirilgan hikmat esa ilm, olim, ta'lim va muallimning qadriga yetgan millatimiz yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning mulohazalaridir.

"Ilm-fan bilan shug‘ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag‘batga munosib."

Kitobda "Bilim boylik, uni qo‘llay bilish esa mukammallikdir" degan hikmat keltirilgan. Kamina ushbu o‘gitni davom ettirib uni jamlay bilish esa chinakam jasorat degisi keladi.

Harakat haqidagi eng qadimiy fan bu mexanika bo‘lib, uning fidoyilari, jonkuyar olimlarning faoliyati, ilmiy izlanishlari aks etgan ushbu majmuaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Univerditetimiz professori, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Muhayyo Shoumarova tomonidan tayyorlangan, O'zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilganligining 80 yilligiga bag‘ishlangan ushbu kitob "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining homiyligida chop etilgan. Professor M.Shoumarova kitobning yaralishi va unga turtki bo‘lgan omillar to‘g‘risida to‘lqinlanib gapirdi va ma'lumotlar berdi Taqdimotni universitet rektori Bahodir Mirzayev boshqarib bordi. Taqdimot yakunida kitob bir nusxadan tegishli ustozlarga tarqatildi. Yangi yil tuhfasi o‘rnida har bir rektorat a'zosiga turli shirinlik va oziq-ovqat mahsulotlaridan tarkib topgan sovg‘alar taqdim etilishi ham barchaga shodu xurramlik baxsh etdi desak, o‘rinli bo‘ladi.

 

14 ta akademik hayotiga tegishli bo‘lgan ma'lumotlardan so‘ng qator professor va dotsentlar faoliyati kitobdan muxtasar shaklda o‘rin olgan.

Kitobning yana bir qiymatli tomoni shundaki, unda har bir fan fidoyisi haqida ma'lumot keltirilishidn oldin sharq va g‘arb mutafakkirlarining hikmatli so‘z va aforizmlari uzukka ko‘zu qo‘sh qo‘ygandek yarashib, uning qiymatini yanada oshirgan. Taqdimot ko‘ngildagidek o‘tdi.

              Universitet matbuot xizmati