TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2023

O‘quvchi-yoshlarning sog‘lom fikrlashi va rivojlanishini ta’minlash

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 11 apreldagi yig‘ilishi 17-son bayoniga muvofiq OTMlarga yuklatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi mudiri t.f.d., professor A.M. Arifjonov, kafedraning t.f.d., professor L.N.Samiyev, t.f.f.d., dotsent T.U.Apakxo‘jaeva, t.f.f.d., dotsent M.Y.Otaxonov va kafedra doktorantlari hamda magistrantlari 2023-yil 17-may kuni “TIQXMMI” MTU huzuridagi Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar texnikumning o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan shart sharoitlari, qulayliklari va o‘quv-uslubiy metodikasi bilan tanishib chiqdilar va o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan ochiq davra suhbatlari o‘tkazdilar. So‘ngra texnikum o‘quvchilariga “O‘quvchi-yoshlarning sog‘lom fikrlashi va rivojlanishini ta’minlash” mavzusida “Master klass” dars mashg‘ulotini ham o‘tib berdilar.