TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2024

Namunali xona

2024 yil 19  aprel  kuni “Toshkent irrigatsiya  va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin–qizlar kengashi aʼzolari, 2-Talabalar turar joyida  istiqomat qilayotgan talaba-qizlar ishtirokida “Namunali xona” mavzusida  tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi PhD,  katta o‘qituvchisi X.Xasanova so‘zga chiqib, talabalarga yaratilgan sharoitlar,  yotoqxona ichki-tartib qoidalariga amal qilishlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

So‘ngra xonalar,  oshxona, san-uzellar tozaligi ko‘zdan kechirildi. “Namunali xona”  tanloviga  402  xona deb topildi. Tadbir so‘nggida talaba-qizlarimiz bilan “Mohir qo‘llar” ko‘rik tanlovini fakultetdagi yo‘nalishlar kesimida  o‘tkazish bo‘yicha  fikr almashildi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati