TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2023

Muzey bo’ylab

“Toshkent  irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” – Milliy tadqiqot Universiteti  “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G. Axmedjanova rahbarligida 1 bosqich 110 guruh talabalari bilan birgalikda Universitetimizda tashkil etilgan xalq shoiri “Abdulla Oripov” muzeyiga tashrif buyurishdi.

Talabalar muzeyda  ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan shoirning chiroyli haykali poyiga ta’zim bajo keltirishdi  hamda  shoirning hayoti va ijodi, saqlanib qolgan qo‘lyozma yozuvlari, asarlari, kitoblari, oilaviy fotosuratlari, o‘sha davrda kiygan liboslari, olgan medallarini zavq bilan tomosha qilishdi. Talabalar shoir ijodidan namunalar keltirishdi. Muzey juda ham chiroyli tarzda  tashkil topganligiga guvoh bo‘ldilar.

        “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori   G. Axmedjanova axboroti

              Universitet matbuot xizmati