Mexanika va kompyuterli modellashtirish

img

Mexanika va kompyuterli modellashtirish

“Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi mudiri,

Mirsaidov Mirziyod

texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi

Теl.: +99871-237-09-81

Email: m.mirsaidov@tiiame.uz

 

 

 

 

Institutning "Qurilish mexanikasi" kafedrasi 1920 yilda tashkil topgan. Bu kafedraga 2004 yilda «Nazariy mexanika» kafedrasi qo‘shib berilgan bo‘lib, shundan beri kafedra «Nazariy va qurilish mexanikasi» deb nomlanib kelmoqda. «Qurilish mexanikasi» kafedrasi tashkil topganidan keyin bu kafedrada qishloq va suv xo‘jaligi injenerlari uchun 3 ta fandan (ya’ni materiallar qarshiligi, qurilish mexanikasi va elastiklik nazariyasi) fanlaridan dars olib borilgan. Qurilish mexanikasi kafedrasiga birinchi bo‘lib, ko‘priklar qurilishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis, 1911 yilda Peterburgdagi temir yo‘llar institutini tugatgan, temir yo‘l muhandisi Juval Kazimir Fransevich mudirlik qilgan. Juval Kazimir Fransevich chuqur bilimga va boy tajribaga ega bo‘lib, materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanlaridan mukammal ma’ruzalar o‘qigan.

Unga 1933 yilda professor unvoni berilgan. 1924-1932 yillarda ishlab chiqarishda qurilish mexanikasi va temir beton konstruksiyalari bo‘yicha boy tajriba orttirgan, Leningradning temir yo‘llar institutini 1924 yilda tugatgan yosh mutaxassis Semyon Makarovich Suxanov boshqargan. U kishi ochiq ko‘ngilligi tufayli talabalar bilan tez til topishib, o‘qigan ma’ruzalarini tushunarli va qiziqarli o‘tar edi. Uni tanigan odamlar va shogirdlari hozirgacha S. M. Suxanovni o‘zlarining sevimli ustozi va yaqin do‘sti sifatida eslaydilar. 1932-1946 yillarda temir yo‘l qurilishi muhandisi Konstantin Trofimovich Venediktov "Qurilish mexanikasi" kafedrasiga mudirlik qilgan. Uning o‘qituvchilik faoliyati 1932 yilda O‘rta Osiyo sanoat institutida «Qurilish mexanikasi» fanidan dars berishdan boshlangan bo‘lib, keyinchalik esa Toshkent irrigatsiya institutida "Qurilish mexanikasi» kafedrasini boshqargan. U kishi 1948 yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. K.T. Venediktov professor S. M. Suxanovning pedagogik an’analarini davom ettirib, uning o‘qigan ma’ruzalari ham o‘zining tushunarliligi, mantiqliligi va aniqliligi bilan ajralib turgan. 1959-1976 yillarda dotsent Ivan Ignatevich Gribanov kafedraning to‘rtinchi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Uning rahbarligida "Qurilish mexanikasi" kafedrasi o‘z taraqqiyotini davom ettirdi. Bu davrda o‘qituvchilar soni ortib, ish sifati yaxshilandi, darslar mazmuni ancha chuqurlashgan. Ivan Ignatevich kafedra qoshida materialarni sinash laboratoriyasini tashkil etishga ko‘p kuch sarfladi. U kishining g‘ayrati tufayli kafedra jamoasining ilmiy ishlari jonlangan va o‘quv jarayoni yaxshilangan.