TIQXMMI yangiliklari

img
11.01.2024

Mardlar qo‘riqlaydi-Vatanni!

2024 yil 10 yanvar kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari uchun “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi-Vattani” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “Iqtisodiyot” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyev, fakultet tyutorlari G.Shodiyeva va D.Egamovalar ishtirok etdilar.       

Tadbirda Mudofaa vazirligi Muhandis qo‘shinlarini malakasini oshirish markazi yo‘riqchisi amaldagi harbiy serjant Islomov Bahromjon Islom o‘g‘li bilan davra suhbati o‘tkazildi. Ma’ruzachi tomonidan Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi, O‘zbekiston Qurolli kuchlarini bugungi salohiyati, Mamlakatimizda mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, bugungi yosh avlodni vatan oldidagi burchi va vazifalari xususida yoshlar vakili sifatida motivatsion fikrlar va tavsiyalar berib o‘tdi. Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va katta qiziqish uyg‘otdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati