TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2024

Maqsadli tashrif

Joriy yilning 16-aprel sanasida "Gidromelioratsiya" fakulteti “Gidrologiya va Gidrogeologiya” kafedrasi o‘qituvchisi B.X.Karabayeva boshchiligida “Daryo va suv omborlari gidrologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 307-guruh talabalari bilan birgalikda O‘zgidromet markaziga tashrif buyurishdi. Tashkil etilgan ekskursiyadan maqsad talabalarga ushbu markaz va uning vazifalarini tanishtirish bilan qatorda hozirgi semestrda o‘qitilayotgan “Global iqlim va suv ta’minoti” fanining dolzarblik masalalarini tushuntirishdan iborat edi. Talabalar mazkur tashrif davomida markaz mutaxassislari tomonidan berilgan ma’lumotlarni hamda soha bo‘yicha o‘zlari qiziqqan savollarga javoblarni olishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tishimiz mumkin: Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) - gidrometeorologiya sohasidagi muammolarni hal qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organi hisoblanadi. Markaz gidrometeorologik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish va umumlashtirish; gidrometeorologiya va iqlimiy ma’lumotlarning milliy ma’lumotlar bazasini yaratish; zamonaviy texnologiyalar asosida gidrometeorologiya fanini rivojlantirish; aholiga gidrometeorologik prognozlar va ogohlantirishlar shaklida turli xizmatlar koʻrsatish; qishloq xoʻjaligi, aviatsiya, milliy mudofaa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun maxsus tezkor gidrometeorologiya xizmatlari; atmosfera ifloslanishi, yer usti (tabiiy suv oqimlari) suvlari, tuproqlarning ifloslanishi monitoringi va fon monitoringi, atmosfera ifloslanish darajasini prognozlash; iqlim oʻzgarishini monitoring qilish va uning istiqbollarini taqdim etish, shuningdek, uning iqlim oʻzgarishiga javob berish choralari va variantlariga taʼsirini baholashga hissa qoʻshish kabi vazifalarni bajarish bilan birgalikda gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini gidrometeorologik taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ob-havo, daryolardagi suv miqdori, iqlim oʻzgarishini qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlashni takomillashtirish vazifalarini ham bajaradi.

“Gidrologiya va Gidrogeologiya” kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati