TIQXMMI yangiliklari

img
06.12.2021

Maqsadlarni to'g'ri qo'yish - baxtli hayot garovi

Joriy yilning 3 dekabr kuni 4-TTJ GM va YeRB fakulteti 1-4 kurs talaba qizlari bilan institut psixologi M.K. Muxamedova, GM fakulteti tyutori D.Egamova, Yerdan foydalanish kafedrasi katta o'qituvchisi Z. Hafizova, YeRB fakulteti tyutori D. Xursandova va YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari H. Eshovalar “Orzularni maqsadlarga aylantirish” mavzuida davra suhbati o'tkazishdi.Tadbirda maqsadlarning to'g'ri qo'yishning inson hayotidagi o'rni va muhimligi haqida so'z yuritildi.

  Tadbir ishtirokchilariga orzularni maqsadga aylantirishning yo'l – yo'riqlari haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilarning o'z ichki olamlarini anglashlari uchun mo'ljallangan  “Siz qanday insonsiz?”, “ Men va mening ichki dunyoyim”, “Sirli quticha” kabi qiziqarli mashg'ulotlar o'tkazildi. Barcha ishtirokchilar tadbirdan o'zlari uchun tegishli xulosalar chiqarishgan holda tadbir o'z yakuniga yetdi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati