TIQXMMI yangiliklari

img
02.12.2021

Kosmos – cheksizlikdan biznesgacha

2021-yil 1-dekabr 14:00da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 54 nafardan iborat professor-o’qituvchilar, magistrantlar va talabalar Turin Politexnika universitetida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Uzaerospace korxonasi tomonidan tashkil etilgan “Kosmos – cheksizlikdan biznesgacha” deb nomlangan uchrashuvda ishtirok etishdi. Tadbirda shuningdek, xorijlik kosmik soha ekspertlari - Anastasiya Stepanova va Vitaliy Yegorov, agentlik vakillari, sohaga qiziquvchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Ma'lumot uchun: Anastasiya Stepanova "Mars-160" va "SIRIUS-19" xalqaro kosmik loyihalari ekipaji a'zosi, "Quruq immersiya" eksperimentida birinchi ayol sinovchi, Rossiya Fanlar akademiyasi Biotibbiyot muammolari instituti muhandisi.

Vitaliy Yegorov kosmonavtikani ommalashtiruvchi bloger (Zelenyikot), mashhur ilmiy yozuvchi, "Ochiq kosmos" (Открытий КOCMOC) hamjamiyati asoschisi, "Fidelity to Science Award 2019" mukofoti sovrindori, "Orbital Express" xususiy kompaniyasi asoschilaridan biri va aloqa direktori, Rossiyaning bir qator xususiy kosmik kompaniyalari matbuot xizmati sobiq xodimi. Uchrashuvda mazkur xorijiy ekspertlar tomonidan kosmik soha bilan tanishtiruv, ekspertlarning sohadagi faoliyati, shaxsiy va hayotiy tajribalari, hozirda sohada xususiy sektor vakillari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi xususidagi taqdimotlari tinglandi. Shuningdek, O'zbekkosmos vakillari "Maxar Technologies", "Esri" va "SpaceX" kompaniyalari bilan hamkorlikda Toshkentda o'tkazilgan "Discovery Day Uzbekistan" konferensiyasi haqida tinglovchilarga batafsil ma'lumot berishdi. Ma’lumot o’rnida shuni qayd etish joizki, 2021-yil 23-iyunda agentlik tomonidan tashkil etildan mazkur konferensiyada institutning EkoGIS markazi xodimlari faol ishtirok etishgan.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berildi. Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti va yana 8 universitetdan jami 100 nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashishdi.

TIQXMMI Matbuot xizmati