TIQXMMI yangiliklari

img
22.12.2023

“Korrupsiyasiz soha”

2023 yil 21 dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, “Sirtqi bo‘limi” boshlig‘i  Sh.Mardonov va bo‘lim xodimlari bilan birgalikda Sirtqi ta’limning 2-kurslar yakuniy imtixon jarayonilarini shaffoflikni ta’minlash maqsadida  talaba-yoshlari ishtirokida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.U.Gapparov Sirtqi ta’limning 2-kurslar yakuniy imtixon jarayonilarida korrupsion xolatlarni oldini olish uchun talabalarga “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi” da keltirilgan “2784-moddasi Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish”, “210-modda. Pora olish”, “212-modda.

Pora olish-berishda vositachilik qilish” haqida ma’luot berib ularni ogohlikka chaqirdi. Hozirgi kunda “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi buning javobgarligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. A.U.Gapparov talaba-yoshlarga “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. “Sirtqi bo‘lim” boshlig‘i  Sh.Mardonov va bo‘lim xodimlari tadbir so‘ngida, talaba-yoshlar o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun mexmonlarga “Sirtqi bo‘limi” boshlig‘i rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.     

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish  bo‘limi  mutaxassisi K.Izzatullo axboroti