TIQXMMI yangiliklari

img
16.12.2023

Korrupsiya tushunchasi va uning ijtimoiy oqibatlari

2023 yil 15 dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedra mudiri A.Xojiyev va kafedra xodimlari bilan birgalikda Mehnat Muxofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishin sirtqi ta’lim 2-kurs talaba-yoshlari ishtirokida “Korrupsiya tushunchasi va uning ijtimoiy oqibatlari“ mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.U.Gapparov talabalarga “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi” da keltirilgan “2784-moddasi Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish”, “210-modda. Pora olish”, “212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish” haqida ma’lumot berib ularni ogohlikka chaqirdi. Hozirgi kunda “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi buning javobgarligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

A.U.Gapparov talaba-yoshlarga “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedra mudiri A.Xojiyev tadbir so‘ngida, talaba-yoshlar o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun mehmonlarga fakultet va kafedra rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassisi

Karimjonov Izzatullo axboroti.