TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2021

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

Shu kunlarda mamlakatimizda bosh qomusimiz qabul qilinganining 29 yilligiga bag`ishlangan bayramlar tashkil etilmoqda. Bosh qomusimiz- O`zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Ushbu kun yuzasidan 6- dekabr kuni ‘’Qishloq va Suv Xo`jaligida Energiya ta`minoti’’ fakulteti talabalari tomonidan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida bayram dasturi tashkil qilindi. Tadbirni ochib berish uchun so`z fakultet dekani, texnika fanlari doktori, professor Isakov Abdusaid Jalilovichga berildi. Bosh qomusimiz qabul qilingan kun bilan muborakbod etib tadbirni ochib berdi.

So`ngra fakultet iqtidorli talaba yoshlari tomonidan sher, sahna ko`rinishlari tomoshabinlar e`tiboriga  havola qilindi.Tadbirni ko`tarinki kayfiyatda o`tkazish maqsadida talaba-yoshlar o`rtasida ‘’O`z qomusimizni bilamizmi?’’ shiori ostida viktorina o`yinlari tashkil qilindi. Viktorina g`oliblari tashakkurnoma hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.Tadbir so`ngida fakultetning faol va iqtidorli talabalari esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. Zero  o`z qonun - qoidalarimizni bilish hayotimiz farovonligi kafolatidir.

QSXET fakulteti dekan o’rinbosari  A.Mutalov axboroti

TIQXMMI  matbuot xizmati