TIQXMMI yangiliklari

img
16.10.2023

Kitob — ilmu zakovat xazinasi

“Energetika” fakulteti 13-oktabr kuni dekan o‘rinbosari I.Buxorov, tyutorlar B.Abdullayev, D.Xudoynazarova va Yoshlar ittifoqi jamoasi tashabbusi  bilan 1-bosqich talabalar o‘rtasida Kitob — ilmu zakovat  bilan mavzusida "Zakovat"  intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada 8-ta  jamoa qatnashib o‘z bilimlarini tekshirishdi.

Zakovat savollari kitobsevar talaba yoshlarni sevib o‘qiydigan asarlarida tuzilgan bo‘lib savollar ishtirokchilarni yana bir bor bilim va saviyasini sinovdan o‘tkazdi. Yozuvchilar asarlaridan tuzilgan savollar kitobxon talaba yoshlarda juda katta qiziqish bilan kutib olindi. Zakovat o’yinlari natijalari 1-o‘rin PATRIOT jamoasi 2-o‘rin INTELLEKT jamoasiga, 3-o‘rin FEMIDA jamoalariga nasib qildi. 1-2 o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar keyingi yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. “Zakovat” intellektual o‘yinida talabalar o‘zlari bilmagan savollarga javoblarni bilib oldilar. Ular musobaqa tashkilotchilaridan minnatdor bo‘lishdi.

"Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati