TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2021

Institutlar hamkorligi

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 8 - mayda qabul qilingan “Toshkent irrigatsiya qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi PQ-3702-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalari professor-oqituvchilarini oquv jarayoniga jalb qilish maqsadida Italiya Turin politexnika universiteti professori Maurizio Rosso  “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi bilan hamkorlikda mashgulotlarini otkazish kelishib olingan edi. Shu munosabat bilan shu yilning 4 - dekabr kuni institutning “Suv xojaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yonalishi 4 - bosqich talabalari va Toshkent Turin politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” ta’lim yonalishi talabalari uchun Maurizio Rosso  tomonidan birgalikda “Mashinalarda texnik va gidravlik suyuqliklar” mavzusida amaliy mashguloti tashkil etildi.

         Maurizio Rosso kafedra laboratoriyasida mavjud bo‘lgan CATERPILLAR  mini-gidravlik ekskavatori va  CATERPILLAR  buldozerining gidravlik sistemasining tuzilishi, ishlash printsipi, asosiy elementlari va ularning vazifalari to‘g‘risida to‘la ma’lumot berdi. Dars mashg’uloti barcha uchun qiziqarli boldi, ozaro fikrlar almashildi, institut zamonaviy laboratoriyalaridan foydalanildi. Ma’lumot uchun, professor Maurizio Rosso “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi bilan 2019 yildan buyon hamkorlik qiladi va birgalikda darslar tashkil etiladi. Mr. Rosso CATERPILLAR rusumidagi mini-gidravlik ekskava-torini o’zi boshqarib ko’rdi, keyingi boshqarish navbati mehmon talabalarga berildi. Shu kabi dars mashg’ulotlari siklik tashkil etiladi va dars savol-javoblarga boy bo’ldi. So’z oxirida Mr. Rosso yaratilgan shart-sharoitlar va berilgan imkoniyat uchun institut ma’muriyatiga o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdi.

 

 

TIQXMMI matbuot xizmati