TIQXMMI yangiliklari

img
04.12.2021

Inson qadrining qiymati ulug‘

Inson uchun insonning mehri va g‘amxo‘rligidan ulug‘ nishon bo‘lmasa kerak. 3 - dekabr kuni “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Shahrisabz” mahallasida yashovchi imkoniyati cheklangan nogironlar hamda kam ta’minlangan yolg‘iz keksalarni holidan xabar olish, ularni ko‘nglini ko‘tarish maqsadida, “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talaba yoshlari tashabbusi bilan Xayr sahovat aksiyasi o‘tkazilib, 15 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etish maqsadida fakultet jamoasi birgalikda xonadonlarga tashrif buyurildi. Xalqimizda imkoniyati cheklangan, yolg‘iz qariyalar hamda ijtimoiy jihatdan kam ta’minlanganlar holidan xabar olish, yo‘qlab turish azaliy qadriyat hisoblanadi.

Talaba yoshlarimizning inson qadr qimmatini ulug‘lash, mehr-muruvvatli bo‘lish kabi fazilatlari bilan kamol topayotganligi bu avvalo, ota-onalarning farzandlarga bergan tarbiyasi, shuningdek, ta’lim dargohida ustoz murabbiylarning yoshlarga berayotgan ta’lim-tarbiyasi va o‘gitlarining mahsuli ekanligi hammamizni quvontiradi.

SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati