TIQXMMI yangiliklari

img
11.01.2024

Ilmli ayol – jamiyat ko'zgusi

Joriy yilning 9 yanvar kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy  tadqiqot universiteti psixologi M.K. Muhammedova hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Ismoilovalar hamkorlikda Xotin qizlar kengashi a'zolari ishtirokida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qiziqishlari va muammolarini aniqlash maqsadida “Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko'zgusi, millat tarbiyachisi” mavzusida davra suhbati tashkil etdilar. Ayol mehr-muhabbati navnihollarni, ertamiz egalarining unib-o'sishiga, kamol topishiga sabab bo'ladi. Ayol baxtli bo'lsa, jamiyat baxtli bo'ladi. Xotin-qizlarni e'zozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir! Bugungi kunda ham hukumatimiz tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, jamiyatda qadrini va qaddini ko'tarish maqsadida qator ishlar amalga oshirilayotgani bejiz emas. Bu xayrli ishlarning samarasini esa barcha opa-singillarimiz o'z hayotlari, umr yo'llari davomida his etishmoqda. Shu bilan birga ko'rsatilayotgan mehr-muhabbatni yuksak baholab, barcha sohalarda o'z bilim va salohiyatlarini ko'rsatmoqdalar. Jahon arenalarida davlatimiz bayrog'i yanada baland ko'tarilmoqda. Ayollarimiz yer yuzidagi eng mashhur, yirik kompaniyalarda mehnat qilib, o'zbeklarning salohiyatini namoyish qilmoqdalar. Albatta, kelajagi buyuk, ertasi farovon bo'lishini istagan xalq millat davomchilarini qay soha vakili bo'lmasin ko'ngli tinch, hayoti farovon bo'lishi uchun harakat qiladi, munosib turmush kechirishlari uchun sharoit yaratadi.

Suhbat davomida mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, jamiyat hayotining faol ishtirokchisiga aylantirish kabi maqsad va vazifalar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi ekanligi haqida so'z yuritildi. Tadbirda universitet psixologi M.K. Muhammedova tomonidan jamoada ma'naviy va psixologik muhitni sog'lomlashtirish, xodimlar o'rtasida bir-biriga o'zaro hurmat , mehr va ishonchni mustahkamlash maqsadida professor-o'qituvchilar bilan qiziqarli trening o'yinlar olib borildi. Yig'ilish ishtirokchilari kayfiyatlarini pozitiv notaga sozlashgan xolda tadbir o'z yakuniga yetdi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati