TIQXMMI yangiliklari

img
22.12.2023

Ilmiy tadqiqot ishshlari hisoboti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21 dekabr sanasida “Gidromelioratsiya” fakultetining 2023 yil yakunlari bo‘yicha  Ilmiy tadqiqot ishlari hisoboti yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur hisobot yig’ilishida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultanov, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo'lim boshlig'i U.Quziyev, fakultetning ilmiy tadqiqot ishlari hisobotiga ekspert sifatida professor B.Xudayarov va dekan A.Fatxulloyev boshchiligida kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar, doktorantlar hamda tayanch doktorantlar ishtirok etishdi.

Fakultet dekani tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik, davlat grantlari, xo’jalik shartnomalar, iqtidorli talabalar bilan ishlash, ilmiy salohiyatni oshirish maslalari, universitet reyting 2023 rejasining fakultetdagi kafedralardagi bajarilish holati, erishilgan yutuqlar, kamchiliklar va istiqbolli rejalarga bag’ishlangan taqdimot o’tkazildi. Fakultetning  ilmiy tadqiqot ishshlari hisobotiga ekspert professor B.Hudayarov fakultetning 2023 yilda erishgan ilmiy tadqiqot natijalarini ijobiy baholaganini ta’kidlab o’tdi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultanov tomonidan fakultetda ilmiy salohiyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, xalqaro, davlat grantlari va xo’jalik shartnomalaridan bu yil hisobiga ko’ra 4 milliard so’mdan ziyod  mablag’lar  jalb qilinganligi, iqtidorli yoshlarning turli xil xalqaro va respublika tanlovlardagi erishgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Yig’ilish qatnashchilari tomonidan fakultetning  2023 yil yakunlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishshlari hisoboti ijobiy baholandi va maqullangandi.

Universitet matbuot xizmati