TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2023

Ijodning sehrli olami

“TIQXMMI” MTU  psixologi M.K.Muhammedova va Iqtisod fakulteti tyutori M.Vafoyevalar hamkorlikda Iqtisod fakulteti 107-guruh, Buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishi talabalari bilan ijodkor yoshlarga motivatsiya berish, so'zning naqadar kuchli vosita ekani va qudrati haqida ma'lumot berish maqsadida “So'zda sehr, she'rda hikmat bor” mavzusida seminar trening tashkil etishdi.

“So'zda sehr, she'rda hikmat bor”. Ushbu muborak kalom so'zga, she'riyatga berilgan yuksak baho bo'lishi barobarida qalam ahli uchun mezon hamdir. Ana shu yuksak talabga muvofiq bo'lmog'i uchun she'r hikmat va ma'rifatni mujassam etmog'i zarur. Bugungi tadbirning asosiy qahramonlari Saidova Gulnoz va Matkarimov Ulug'beklar bo'lishdi. Bu talabalarimiz ko'pqirrali kreativ talabalarimizdan hisoblanishadi. Yig'ilishda bu talabalarimiz o'z ijodlaridan namunalar o'qib barcha ishtirokchilarni lol qoldirishib, olqishlarga sazovor bo'lishdi.

Quyida Gulnoz she'rlaridan namuna keltirib o'tishni joiz topdim. Gulnoz she'rlarida insonni oldinga undovchi, tushkunlikni chekinib o'tib, sabr orqali yuksak cho'qqilarni zabt etish kayfiyati bor:

Yuragimda dardlarim ko’p siz bilmagan,

Zaxmatli kun ko'rdim hatto siz ko'rmagan.

Alloh qoldi faqat mendan yuz burmagan,

Sabr qilib ibrat uchun yashayman.

       Kelajakda bu iqtidorli talabalar bilan ijodiy hamkorlik qilishga kelishib olindi. Yig'ilish davomida barcha talabalar faol ishtirok etishdi, fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi eng keraklisi hayotda zarur bo'ladigan foydali ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda tadbir nihoyasiga yetkazildi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati