TIQXMMI yangiliklari

img
04.12.2023

Huquqiy savodxonlik davr talabi

              2023 - yil 4-dekabr kuni “TIQXMMI” MTU majlislar zalida O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi tomonidan Universitetimiz Yoshlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy davlat barpo etishning konstitutsiyaviy asoslari mazmun - mohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan “Konstitutsiya - ijtimoiy davlatning huquqiy asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

         Tadbirda O‘zbekiston XDP MK mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston XDP Toshkent shahar va Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi hamda universitetimiz professor-o‘qituvchilari, shuningdek, talabalari ishtirok etishdi.

       Tadbirni Universitetimiz Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Choriyev Ro‘zimurod Kungratovich kirish so‘zi bilan ochib berib, Konstitutsiyamizni davlat va jamiyat hamda fuqarolarimizni hayotida muhim asosiy qonun ekanligini mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdilar. Davra suhbati ishtirokchilariga yangi tahrirdagi konstitutsiya kitobchalari tarqatildi.

Davra suhbatida taklif etilgan mehmonlar Eminov Odiljon Karimovich, Oliy Majlis Senatining Fan-ta’lim va sog‘likni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni Konstitutsiyamizni qabul qilinishi uning ahamiyati hamda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ta’lim, fuqarolarning huquq va erkinliklari, ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar. Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Qosimova Qizilgul Ermatovna so‘zga chiqib, Konstitutsiyada xalqchil norma va moddalrni kiritilganligi ayniqsa, sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha kiritilgan yangiliklar xususida aytib o‘tdilar. Shuningdek, O‘zbekiston XDP Yoshlar sektori rahbari Nuriddinov Muxsiddin so‘zga chiqib, Konstitutsiyamizni mamlakatimiz kelajagi va taraqqiyotiga katta turtki bo‘lishi hamda yoshlar masalalariga katta e’tibor berilganligi va mustahkamlanganligi bilan ahamiyatli ekanligiga e’tibor qaratib yoshlarimiz kelajagiga kafil sifatida motivatsion fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘zbekiston XDP mas’ul xodimlari tomonidan davra suhbati davomida Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar to‘g‘risida savol-javoblar o‘tkazildi. Faol ishtirok etgan va savollarga to‘g‘ri javob bergan talabalar XDP tomonidan edalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 “Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axborpoti

Universitet matbuot xizmati