Gumanitar fanlar

img

Gumanitar fanlar

«Gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri

Ravshanov Alisher Saydullayevich

Siyosiy fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 

Теl.:  +99871-237-46-65

Email: a.ravshanov@tiiame.uz

 

 

 

 

1934 yilda TIQXMMIda tashkil topgan kafedralar tarkibida ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘z faoliyatini boshlagan. 1964 yil dekabr oyidan boshlab ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bazasidaTarix”, “Falsafa”, “Jamiyatshunoslikkafedralari tashkil topgan. Tarix kafedrasini tarix fanlari nomzodi, dotsent N.Sh.Inoyatov 1970-1980 yillarda, dotsent E.H.Yerzin 1980-1990 yillarda, Falsafa kafedrasining mudiri lavozimida birinchi bolib (1964 yildan boshlab) A.K.Afanasev, Jamiyatshunoslik kafedrasiga dotsent F.G.Malaxin 1971-1976 yillarda mudirlik qilgan. Milliy mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab to 2004 yil sentyabr oyiga qadar institutdaOzbekiston tarixi”, “FalsafavaOzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotikafedralari faoliyat olib borib, 2004 yil oktyabr oyida bu kafedralar birlashtirilibGumanitar fanlarkafedrasi tashkil etilgan.

Kаfеdrаdа byudjеt аsоsidа bаjаrilаyotgаn ilmiy-tаdqiqоt ishlаri: Kafedra professoroqituvchilariYangi Ozbekiston taraqqiyot strategiyasi ijtimoiy-falsafiy tamoyillarning dolzarb masalalarivaMustaqillik yillarida Ozbekistonda irrigatsiya va qishloq xojaligi sohasidagi islohotlarmavzulari boyicha davlat byudjet hisobidan ilmiytadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Iqtisоdiyotning tеgishli sоhаlаrigа оid kоrхоnа vа tаshkilоtlаr bilаn hаmkоrlikdа bаjаrilаyotgаn хo’jаlik shаrtnоmаlаri: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi bilan 19.05.2023 yilda tuzilgan “Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi kadrlarining siyosiy ongini oshirish maqsadida Axborot soatlarini olib borish” mavzusida 11/2023-sonli shartnomaga asosan  rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib kelmoqdalar.

Hamkorlik: Kafedra o‘quv va ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish maqsadida turdosh oliy o‘quv yurtlaridan O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, Toshkent Davlat Agrar universiteti va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Tarix instituti” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Xalqaro ilmiy hamkorlik: Qirgizisitonning Karasayev universiteti, Ispaniyaning Leida  universiteti, bilan xalqaro shartnomalar imzolangan hamda Misr davlati Suvaysh kanali universiteti hamda Turkiya Respublikasi Belikesir universiteti bilan ilmiy-nazariy seminarlar o‘tkazishda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 2021 yil 13-14  aprel kunlari Ispaniyaning Leida universiteti bilan hamkorlikda "O‘rta asr tadqiqotlari” va "O‘rta asrlarda irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi" nomli xalqaro ilmiy seminarlar tashkil etilgan. 2023 yil 2-3 mart kunlari O‘zbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Birlashgan millatlar taʼlim, bilim va madaniyat tashkiloti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy  tadqiqot universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  Toshkent  farmatsevtika instituti, Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti va tadqiqot.uzportali hamkorligida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etilgan. Kafedra 1987 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti rahbariyati hamda institut pedagoglari tashabbusi bilan tashkil etilgan universitet qoshidagi Inter House akademik litseyi bilan faol, tashabbuskor va jamoatchilikka foyda keltiradigan barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar: Talabalarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, ularni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan ishlar natijadorligini oshirish maqsadida  “Mehr-muruvvat oyligi”, “Ustoz va murabbiylar oyligi”, “Atrof-muhit muhofazasi oyligi”, “Huquqiy savodxonlik va madaniyat oyligi”, “Axborot xavfsizligi oyligi”,  “Sog‘lom turmush madaniyati oyligi”, “Ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish oyligi”, “Tejamkorlik oyligi”,  “Kitobxonlik va mutolaa oyligi”, “Yoshlar bunyodkorligi oyligi”, “Ma’naviyat-ma’rifat va madaniyat oyliklari”  o‘tkazilib kelinadi. Vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida universitet va talabalar turar joylarida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” kabi mavzularda muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinadi. Bugungi kunda kafedrada jami 16 ta ya’ni: 2 nafar professor, 4 nafar dotsent, 2 nafar fan nomzodi (katta o‘qituvchi), 3 nafar katta o‘qituvchi, 5 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.