Gidravlika va gidroinformatika

img

Gidravlika va gidroinformatika

Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi mudiri t.f.d, professor

Arifjanov Aybek Muxamedjanovich

Tel.: +998712371971

Email:  a.arifjanov@tiiame.uz

 

 

 

 

“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining tarixi Gidravlika nomi bilan 1918 yildan boshlagan. Turkiston davlat universitetida 1920 yil tashkil etilgan “Melioratsiya injenerlari “ fakulteti dekani V. D. Jurin Gidravlika kafedrasining birinchi mudiri boʻlgan. Keyinchalik V.D. Jurin rahbarligida “SANIIRI” ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan. 1932-1936 yillar t.f.n., dotsent S.V. Novokreshenov “Gidravlika” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Shu yillarda atoqli olim E.A.Zamarin bilan hamkorlikda “Gidravlika va Gidrotexnik inshootlar” kabineti tashkil etilgan. 1936-1962 yillar Gidravlika kafedrasini taniqli olim, professor A.V. Troiskiy boshqargan. Bu davrda Gidravlika laboratoriyasi tashkil etilgan. Kafedraga sohaning yetuk mutaxassislari professor M.S. Vыzgo, dotsentlar L. A. Mashkovich, M.V. Selemetov, A.N.Razeyeva, R.M. Karimovlar ishga taklif etilgan. 1962-1973 yillar Gidravlika kafedrasini t.f.n., dotsent L. A. Mashkovich boshqargan. Bu yillarda kafedrada qator oʻquv-uslubiy metodik ishlar chop etilgan. Gidrotexnik inshootlarning gidravlik hisobiga doir yangi hisoblash metodlari ishlab chiqilgan.1973 yili kafedra mudirligiga isteʼdodli olim, “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani R.M. Karimov saylandi. Bu yillar (1973-1984) davomida “Gidravlika” kafedrasida Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan “Gidravlika” laboratoriyasi qaytadan tashkil etildi. Kafedraga taniqli olimlar Yu.Yeshmuradov, P.N.Gurina, N.P.Togunova, G.I.Shishorina, I.A.Imerova, E.Mahmudovlar ishga taklif etilgan. 1984-1989 yillar davomida kafedraga t.f.n., dotsent Yu.Yeshmurodov rahbarlik qildi. Bu davrda “Gidravlika” kafedrasi kengaytirildi, “Gidromashinalar” va “Gidroyuritmalar” boʻyicha laboratoriya qurilmalari oʻrnatildi. Kafedraga texnika fanlari nomzodi T.G.Djunusov, texnika fanlari nomzodi A.M.Arifjanov, T.Pyatayeva, A.M.Ishonxodjayev, D.R.Bozorovlar ishga taklif etilgan. Kafedrada sohaning yetuk mutaxassislari dotsentlar R.M.Karimov, P.N. Gurina, N.P.Togunova, G.I. Shishorina, X.X. Isoqovlar, assistentlar I.A. Imerova, I.A.Axmedxodjayeva, X.X.Ishanov, T.N. Tursunov, R. Quchqorovlar, laboratoriya mudiri S.Nafasov, oʻquv ustasi A.S.Murzin, katta laborant A.S.Berdiyevlar ishladilar.

Keyinchalik (1994 y.) kafedra mudirligi lavozimiga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator, dotsent R.M. Karimov qayta saylandi. Bu yillar davomida (1994-2003) kafedrada oʻquv–uslubiy, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yangi bosqichga koʻtarildi. Kafedrani 2003-2004 yillar t.f.d., professor D.R. Bozorov boshqargan. 2004 yili “Gidravlika” kafedrasi mudiri lavozimiga t.f.d., professor A.M. Arifjanov (“Injenerlik ekologiyasi” kafedrasi mudiri) saylandi va hozirgi davrga qadar boshqarib kelmoqda. Bu davrlar davomida kafedrada qator yetuk olimlar: atoqli olim, akademik X.A.Raxmatulin izdoshi hamda Gidravlika fanidan davlat tilida ilk darslikning muallifi boʻlgan t.f.d., prof. K.Sh.Latipov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator, t.f.n., dos. R.M. Karimov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy t.f.n., dos. N.P.Togunova, t.f.d., prof. A.Shokirov, t.f.d.,prof. D.Bozorov, t.f.d., prof. S.Xudaykulov, t.f.d. A.Fatxullayev, prof. I.Axmedxodjayeva, dos., t.f.n. X.Isakov, t.f.n., dos. B.Obidov, t.f.f.d., dotsentlar K.Raximov, S.Xidirov, L.Samiyev, katta oʻqituvchilar A.Ishonxodjayev, A.Xodjiyev, assistentlar Z.Ibragimova, T. Apakxujayeva, M.Ataxonovlar, laboratoriya mudiri K.Arifjanova, N. Pulatova, laborantlar Z.Umarova, T.Yusupaliyevalar faoliyat koʻrsatdilar.