Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari

img

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Kafedra mudiri 

Qodirov Dilshod Botirovich, DSc

Tel:71 237-19-68

Email: d.kodirov@tiiame.uz

    

 

 

 

Kafedra 1963-yilda “Elektrotexnika” kafedrasidan ajralib chiqqan bo‘lib, dastlab “Elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash” deb nomlangan va  hozirda “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” deb ataladi.  Kafedraga 1963-1964 yillarda N.P.Osika, 1964-1971 yillarda M.A.Alimov, 1971-1972 yillarda E.D.Tashev, 1972-1979 yillarda Sh.D.Saxibov, 1979-1982 yillarda E.T.Kalafatov, 1982-1989 yillarda B.Sh.Fayzullayev, 1989-2001 yillarda Ya.T.Adilov, 2001-2004 yillarda N.T.Toshpo‘latov, 2004-2011 yillarda A.S.Berdishev, 2011-2017 yillarda N.T.Toshpo‘latov, 2017-2018 yilda A.Yusubaliyev kabi professor-o‘qituvchilar mudirlik qilgan. Hozirda D.B.Qodirov mudirlik qilmoqda. Kafedraning rivojiga M.A.Alimov, Sh.D.Saxibov, B.Sh.Fayzullayev, M.I.Ismailov, E.D.Tashev, P.M.Musabekov, B.X.Ubaydullayev kabi marhum ustozlar bilan birga E.T.Kalafatov Ya.T.Adilov, Sh.M.Muzafarov, A.M.Mirzabayev, O.B.Tursunov, A.D.Raxmatov, N.T.Toshpo‘latov, S.M.Xushiyev, J.O.Izzatillayev kabi professor-o‘qituvchilar katta hissa qo‘shganlar.  Bugungi kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 400 dan ortiq ilmiy maqola, 12 ta monografiya, 11 ta darslik va 36 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan. Bugungi kunda kafedra Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti, “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi hamda “Uzkabel” va “ProCab” qo‘shma korxonalari bilan innovatsion hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, shundan, 4 tasida kafedraning filiali tashkil etilgan. Kafedra Polsha Respublikasi Krakov texnologiya universiteti hamda Turkiya Respublikasi Karabuk universiteti bilan hamkorlik qilmoqda. 

Kafedra tashabbusi bilan har yili Polshaning Krakov texnologiya universiteti hamda Turkiyaning Karabuk universitetlari hamkorligida “International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etiladi (konferensiya rasmiy veb-sayti: http://icecae.tiiame.uz/) Yetakchi olimlar ishtirokida iqtidorli talabalar, magistrantlar va ilmiy izlanuvchilar uchun maqsadli kurslar va seminarlar (to‘garaklar) tashkil etilgan. Iqtidorli talabalar Respublika fan olimpiadasida faxrli o‘rinni egallab kelmoqdalar. Kafedra qoshida xo‘jalik shartnomalarini yuritish, chet el grantlarini olib borish va kafedra iqtidorli talabalari, magistrantlari, yosh olimlari va professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun maxsus “Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi” tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedraning asosiy shtatida 5 nafar professor, 5 nafar dosent, 2 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar assistent faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Kafedra tashkil qilingan paytdan buyon “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida elektrotexnologiya usullarni qo‘llash” mavzusida ilmiy maktab hozirgi kunda ham Respublikamizda salohiyati yo‘nalishlardan biri deb hisoblanadi. 2020-yilda Muzafarov Sh.M. texnika fanlari doktori (DSc), Primov O.J texnika fanlari doktori (DSc), 2021-yilda Izzatillayev J.O texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), 2022-yilda Babayev A.G texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), Qodirov D.B texnika fanlari doktori (DSc), Mamadjanov A.B texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), Tagayev B.K. texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-maydagi PQ-3003-sonli qaroriga asosan kafedraning “Suv xo‘jaligida elektr taʼminoti va elektr jixozlaridan foydalanish” nomi “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari”ga o‘zgartirildi.