TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2023

Dekan hamda ota-onalar uchrashuvi

Joriy yilning 13 - may kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani professor B.Hasanov fakultetda tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda B.Hasanov ota-onalarni fakultetda olib borilayotgan o‘quv, tarbiyaviy hamda ma’naviy – ma’rifiy ishlar bilan tanishtirib, universitet tomonidan talaba-yoshlarning o‘qib bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida tartib-intizomi, yaxshi va a’lo baholarga o‘qishga intilishi, fakultet va universitet miqyosida o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol qatnashishi bilan kursdoshlariga o‘rnak bo‘lgan, bilimga intiluvchi, zukko ba’zi talabalarning ota – onalarini universitet rahbariyati nomidan tashakkurnomalar bilan taqdirladi.

So‘ng madaniyat saroyida rektor va ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan suhbatga taklif qilindi. Suhbat davomida ota-onalardan fakultetimiz talabalari Sodirboev Hasan va Husanlarning otasi Buronboy Siddiqov, Kamolova Charosning otasi Shomurodov Oybek va boshqa ota-onalar tomonidan turli fikr va mulohazalar bildirildi. 

Uchrashuv yakunida universitetdagi yaratilgan sharoit va qulayliklar, farzandlarining ta’lim olish uchun berilayotgan imtiyozlar uchun ota-onalar tomonidan universitet rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirildi.

             Universiteti matbuot xizmati