TIQXMMI yangiliklari

img
11.01.2024

Dadillik ila ilk qadam

Talabalikka nisbatan bejiz oltin davr deyilmaydi. Birinchidan, bu davr chinakam xotiralarga, unutilmas voqealarga boy bo‘lsa, ikkinchidan, ishlab chiqarish jabhasida mehnat qilish bilan birga ta'lim tizimi sari tashlangan qutlug‘ va dadil qadam hamdir.

8-yanvar kuni Universitetimizda 1 bosqichga qabul qilingan sirtqi ta’lim talabalari kutib olindi.

O‘quv yilida universitetimizning 18 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1030 dan ortiq talabalar o‘qishga qabul qilindi. Ikki kun davomida “Sirtqi ta’lim 1-kurs talabalarinnig kredit ta’limi tizimiga kirish kurslari o‘quv dasturi” asosida universitetimiz o‘quv binosi, ma’ruza zallari va hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan axborot resurslari markazi obdon tanishtirildi. Ayni paytda Hemis platformasida ishlash bo‘yicha tushunchalar berildi.

Tanishtiruvlar davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan universitetimizda olib borilayotgan o‘qitish tizimi to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.

Unversitetimiz rektori texnika fanlar doktori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovich va Sirtqi bo‘lim boshlig‘i texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Mardonov Sherzod Xalilovich talabalar bilan Madaniyat saroyida uchrashuv tashkil qilishdi.

Dastavval, universitetning faoliyati aks etgan videorolik namoyish etildi.

Universitet rektori Mirzayev Baxadir Suyunovich talabalarini universitetimizga o‘qishga qabul qilinganligi bilan samimiy muborakbod etdi. Talabalarga universitetning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, yoshlarga oid davlat siyosati, universitetdagi ustoz-shogird tizimi, to‘garaklar faoliyati, xalqaro hamkorliklar, erishilgan yutuqlar hamda kelajakdagi ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitet rektoridan javoblar olishdi. Uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI