TIQXMMI yangiliklari

img
17.01.2022

Britaniya Kengashi va “TIQXMMI” MTU  hamkorligidagi “Ingliz tili Oʼrta Instruktsiyalar orqali” xalqaro loyiha doirasidagi vebinar

       Joriy yilning 14 yanvar sanasida Britaniya Kengashining EMI (English as a Medium of Instruction) “Ingliz tili Oʼrta Instruktsiyalar orqali” xalqaro loyihasining navbatdagi vebinari tashkil qilindi. Ushbu tadbirda loyihada qatnashib kelayotgan Oʼzbekiston Respublikasining 16 OTM dan koordinatorlar va loyiha aʼzolari amalga oshirilgan ishlar va vazifalar toʼgʼrisida maʼlumotlari hisobot koʼrinishida tinglandi.

Eslatib oʼtamiz, ushbu halqaro loyihaga “TIQXMMI” MTUning birinchi prorektori Prof.B.S.Mirzayev koordinator hisoblanib, qoʼshimcha uchta aʼzolarni oʼz ichiga oladi.

    Maʼlumki, Oʼzbekistonda ingliz tilini oʼqitishni takomillashtirish va ulkan muvaffaqiyatlarga erishishda, OTMlarni yanada halqarolashuvida Britaniya Kengashining oʼrni beqiyosdir. Britaniya Kengashining barcha loyihalari bizning milliy islohotlarimiz talablariga javob berishi va loyihalardan orttirilgan tajriba oliy oʼquv yurtlarida sifatli taʼlimni amalga oshirishda yanada yordam bermoqda.

     “TIQXMMI” MTUning birinchi prorektori Prof.B.S.Mirzayev loyiha koordinatori sifatida "English as a Medium of Instruction " doirasida universitetimizning turli fan professor-oʼqituvchilari va talabalari uchun ingliz tilidan ta’lim materiallarini yaratishda, IELTS va Aptis halqaro imtixonlarini universitetimizda samarali tashkil qilishda, qoʼshimcha ingliz tili kurslarini tashkil qilishda jonbozlik koʼrsatmoqdalar.

     Mazkur loyixaning maqsadi professor-oʼqituvchilarga kasbiy rivojlanishlarida yordam berish, taʼlim sohasidagi xorijiy tajribalarni joriy qilish uchun imkoniyat yaratishdir. Loyihaning asosiy vazifalaridan biri zamonaviy oʼquv dasturlarini ishlab chiqishda xalqaro tajribaga asoslangan oʼquv materiallarini takomillashtirish, shuningdek, Buyuk Britaniya loyiha mutaxassislari bilan maslahat uchrashuvlari, vebinar va seminarlar oʼtkazishdir. Loyihaning ishtirokchilari Norvich Til Taʼlimi Institutining (Norwich Institute for Language Education) https://nile.elt.com/ platformasiga aʼzo boʼlishgan va uch oylik onlayn kursini muvaffaqiyatli tugatib, xalqaro sertifikatlarni qoʼlga kiritishdi. Loyiha doirasida belgilangan tartibda Аxborot Resurs Markazi(“Kasbiy Rivojlantirish Markazi”)ga har yili muayyan miqdordagi Buyuk Britaniyaning xorijiy adabiyotlari taqdim etilishi universitet extiyojini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.

   Vebinarda loyiha qatnashchisi ingliz tili kafedrasi katta oʼqituvchisi Goʼzal Eshchanovaning taqdimoti tinglandi. Unda universitetda loyiha doirasida Britaniya Kengashi koʼmagi asosida tashkil qilingan “Kasbiy Rivojlantirish Markazi”(Professional Development Centre) olib borilayotgan samarali ishlar, talaba va oʼqituvchilar uchun “General English” va ”IELTS” ingliz tili kurslari haqida, IELTS va Aptis halqaro imtixonlariga nomzodlarni registratsiyadan oʼtkazish va universitetda imtixonni tashkil qilish, imtixonlar boʼyicha konsultatsiyalar berish va imtixonlarga tayyorgarlik koʼrish jarayonida zarur boʼladigan Cambridge va Oxford nashriyotlari kitoblarining elektron va asl shakllarini kitobxonlarga yetkazish va markaz kompyuterlaridagi Britaniya Kengashi foydali taʼlim dasturlari orqali oʼz faoliyatlarini takomillashtirilayotganliklari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

   Loyiha boʼyicha Britaniya Kengashining 16ta nofilologik muassasalariga turli xil axborot resurs manbalarni taqdim etganligini taʼkidlash muhimdir. Seminar-trening davomida ingliz tilini maqsadli oʼqitish boʼyicha samarali oʼqitishni tashkil qilish, 21-asr koʼnikmalari, Britaniya Kengashining oliy oʼquv yurtlaridagi loyihalari haqida, oʼqitish materiallarini yaratish, oʼqitishdagi muammolar va yechimlar, oʼqituvchilar uchun eng yaxshi amaliyotlar va imkoniyatlar kabi mavzularga oydinlik kiritishdi. Savol-javoblar davomida mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashning ahamiyati, ingliz tilini oʼqitish tizimini yanada modernizatsiyalash va taʼlimga ilgʼor texnologiyalarni joriy etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

  Loyiha doirasidagi amalga oshirilgan ishlar barchada yaxshi taassurotlar qoldirib, bu esa oʼz navbatida oʼqitishdagi bir qator muammolarga yechim topishga va xalqarolashuvni rivojlantirishga yoʼl ochadi.

   Umid qilamizki, loyihada orttirilgan tajriba va mulohazalar bilan fikr almashinish loyihaning keyingi bosqichlarini yanada takomillashtirishga zamin yaratadi.