TIQXMMI yangiliklari

img
21.12.2023

BMT eksperti tashrifi

BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi “Barqarorlik uchun fan, texnologiya va innovatsiya parklari: Osiyo va Afrika mamlakatlarida siyosat va amaliyotda tajribani shakllantirish” dasturi doirasida Slavo Radosevich tashrif buyurdi.

Uchrashuvni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Salohiddinov olib bordi. Uchrashuvda xar universitetda olib borilayotgan o‘quv, ilmiy va innovatsion faoliyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, turli ko‘rinishdagi o‘quv-ilmiy laboratoriyalarning faoliyati haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda universitetning ushbu loyihada ishtiroki imkoniyatlari o‘rganib chiqildi va kelgusi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Universitet matbuot xizmati