TIQXMMI yangiliklari

img
15.05.2023

Anjuman o‘z ishini yakunladi

Universitetimizda “Qishloq va suv xo‘jaliginnng zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XXII - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Anjuman 12-13-may kunlari sho‘balarda o‘z ishini davom ettirdi. Sho‘balarda yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar tomondan tayyorlangan ilmiy maqolalarining taqdimotlari eshitildi. 

Anjumanning ochilish tadbirida taklif etilgan mehmonlar iqtidorli talabalar uchun bir qancha imkoniyatlarni taqdim etishgan edi. Xususan: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon To‘ychiyev ushbu anjumanda ishtirok etgan eng yaxshi ilmiy ish mualliflaridan 3 nafariga chet elga ilmiy stajirovkani taqdim etdi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi startap loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik kengash raisi Barnoxon Artikxodjayeva “Yosh tadbirkor universiteti”da ta’lim olish uchun 1mln so‘mlik vaucherni taqdim etdi. 15-may kuni anjumanning rasmiy yopilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda sho‘ba mas’ullaridan anjuman yakuni bo‘yicha xisobotlar tinglandi.

Unga ko‘ra sho‘balarda himoya qilingan eng yaxshi taqdimotlar rag‘batlantirildi. Bundan tashqari rag‘batlantirilgan eng yaxshi taqdimot mualliflari o‘rtasida qo‘shimcha tanlov e’lon qilinishi va yuqorida taqdim etilgan imkoniyatlarni eng munosiblariga taqdim etish bo‘yicha kelishib olindi. Tadbir yakunida sho‘ba mas’ullariga maxsus sertifikat va kitoblar topshirildi.

Shu o‘rinda ushbu anjumanni o‘tkazaish va tashkil etishda yaqindan yordam bergan barcha mas’ullarga hamda ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, barcha sharoitlarni yaratib berayotgan universitet rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildiramiz!

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti