TIQXMMI yangiliklari

img
12.01.2024

Amir temurni yod etib

Bugun   “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich 101 –guruh talabalari  bilan 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan buyuk sarkarda soxibqiron Amir Temurni yod etish maqsadida shahrimiz markazida joylashgan xiyobonga sayohat uyushtirdik. Bu yerda talaba-yoshlar sarkardaning bosib o‘tgan hayot yo‘li haqida qiziqarli savol -javoblar qilishdi. Xiyobonni shundoqqina yonida Amir Temur muzeyi ham barpo etilgan. Bu maskan har doim yoshlarni o‘ziga chorlab turadi. Vatan tuyg‘usi talaba-yoshlarni ruhlantirib, ona Vatanga bo‘lgan  mehr - muhabbatini, sadoqatini oshiradi. Kelajagi shu yoshlar qo‘lida bo‘lgan Vatanimiz tinch, osmonimizda quyosh doim porlab tursin.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati