TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2024

Amaliy darslar amalda

2024-yil 16-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash instituti” Milliy tadqiqot universiteti  “Qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash” fakultetidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi(mahsulotlar turlari bo‘yicha) yo‘nalishi 308-309-guruh  talabalari “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi  katta o‘qituvchisi X.Xasanova va assistent T.Ergashevlar boshchiligida “Meva-sharbat eksperimental vinochilik” MCHJga tashrif  buyurishdi.

U yerda “Uzum g‘ujumi sharbati tarkibidagi qandini  aniqlash”, “Uzum g‘ujumi sharbatining umumiy kislotaligini aniqlash”  kabi amaliy va labaratoriya ishlari bajarildi. Umumiy zavod haqida ma’lumotlar berildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha muzokaralar olib bordilar. 

“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Xasanova axboroti

Universitet matbuot xizmati