TIQXMMI yangiliklari

img
20.10.2023

Akademik va yoshlar uchrashuvi o’tkazildi

Ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar va talabalar bugungi kunda duch kelayotgan muammolarni hal qilish hamda yangi istiqbolli g’oya va takliflarini qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining haqiqiy akademik a’zosi, texnika fanlari doktori, Zaxidov Romen Abdullaevich ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Akademik R.Zaxidov yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ularni ilm yo’lidan borishga, tarixning hali kashf etilmagan yangi qirralarini ochishga undadi. R.A.Zaxidov tomonidan Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan chiqarilayotgan Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha‘ qonunlarning hayotimizda tutayotgan o’rni va muhimligi to’g’risida talabalarga qiziqarli tarzda ma‘lumot berdilar. Uchrashuv davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

“Elektr ta‘minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi  stajyor oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati