TIQXMMI yangiliklari

img
03.12.2021

3-dekabr Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qishloq va suv xo’jaligi energiya” ta’minoti fakulteti xayriya tashabbusi.

3-dekabr Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti fakultetining keng jamoasi, professor,o’qituvchi va talabalari Mirzakalon Ismoiliy mahallasigaa tashrif buyurib, nogironligi bor hamshaharlarimiz holidan xabar olishdi. Barchamiz bilamizki, inson uchun sog’likdan qadrliroq boylik yo’q, ammo nogironligi tufayli to’kis baxtdan mosuvo bu qalbi kemtik bu insonlar bizning e’tiborimizdan juda xursand bo’lishdi.

Mehribonlik, insoniylikka asoslangan go’zal dinimizda ham imkon darajasida yaxshilik, xayriya singari amallarni qilishlik buyurilgan. Fakultetimiz dekani, dekan o’rinbosarlari, tyutorlari, Yoshlar ittifoqi yetakchisi va faol talabalar tashabbusi bilan tashkil etilgan bu xayriya tadbirimiz bardavom bo’lishiga kelishib olindi. Bu savobli ishga hissa qo’shgan baarcha-barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Nogironligi bor insonlarga esa SIZ DOIM E’TIBORIMIZDASIZ deb qolamiz.

QSXET fakulteti dekan o’rinbosari A.Mutalov
TIQXMMI matbuot xizmati