TIQXMMI yangiliklari

img
21.12.2023

2023 yil 20 dekabr -Xalqaro birdamlik  kuni

2023 yil 20 dekabr -Xalqaro birdamlik  kuni munosabati bilan Xalqaro USAID tashkiloti, Adliya vazirligi, Toshkent Davlat yuridik Universiteti hamkorligida "Raqamlashtirish davrida. huquq sohasidagi zamonaviy chaqiriqlar" mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining yosh huquqshunoslar bilan  Ochiq muloqoti  bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Respublikamiz Oliy ta’lim muassasalarining yuridik fakultetlari,yuridik texnikum va akademik litsey talaba yoshlaridan iborat  25 jamoa ishtirok etdi.

Tadbirda  xuquqiy mavzuda"Zakovat"  intellektual musobaqa tashkil etildi. TIQXMMI Milliy tadqiqod  Universiteti, Ekologiya va huquq fakulteti, Ekologiya va suv resurslari boshqarish kafedrasi dotsent,yuridik fanlari nomzodi X.Nazarov rahbarligida Universitetimiz huquqshunoslar jamoasi ishtirok etib faxrli Z-o‘rinni egalladi va Adliya vazirligining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 Adliya vaziri bilan jonli bevosita muloqotlari, yosh huqshunoslarning fikr va mulohazalari,takliflar eshitildi va ularga  Adliya vaziri batafsil javob berdilar. Yosh huquqshunoslar sharafiga O‘zbekiston restoranida ziyofatlar tashkil etildi va musoboqa g‘oliblarini taqdirlash marosimlari hamda katta konsert ham tashkil etildi.