“Iqtisodiyot” fakulteti

1974 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Gidrotexnik inshootlar” fakulteti qoshida  “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil etish” yo‘nalishi ochildi. Bu yo‘nalish 1976 yilga borib mustaqil fakultetga aylantirildi.

Fakultet 2004 yildan “Suv xo‘jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti”, 2015 yildan “Suv xo‘jaligida menejment” fakulteti nomi bilan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003 “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga asosan, “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatib keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021yil PQ-42-son "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori asosida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tarkibida 2023 yil 1 fevraldan “Iqtisodiyot” fakulteti sifatida qayta nomlanib zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya xonalari, yuqori malakali pedagog xodimlarning o‘quv va ilmiy, ilg‘or pedagogik faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan holatda samarali  faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

 Fakultetga biriktirilgan kafedralar qo‘yidagilardan iborat.

Iqtisodiyot kafedrasi

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi

Axborot texnologiyalari kafedrasi

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Ingliz tili kafedrasi

Fakultet qo‘yidagi ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis va kadrlarni tayyorlaydi:

60310100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

60410800-Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

61010400 - Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

Fakultetda 5 nafar professor, 34 nafar dotsent, 55 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat olib borishmoqda. Fakultet asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 68 foizni tashkil etadi.

Dekanat

Fakultet dekani
Alimov Uchqun Zoirovich

2023-yil 4-dekabrdan hozirgi vaqtgacha “Iqtisodiyot” fakulteti dekani sifatida samarali faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

O’quv ishlar bo‘yicha dekan muovini
Xoliyorov Umurzoq Ergashovich

2024-yil yanvardan hozirgi vaqtgacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

O’quv ishlar bo‘yicha dekan muovini
Berdimurodov Akmaljon Azamat o‘g‘li

2024-yil 1 yanvardan hozirgi vaqtgacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari
Ro'zmetov Xursandbek Hayitboyevich

60410800 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

“Iqtisod” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u davlat statistika tashkilotlari, aksionerlik va xususiy kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini boshqarish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy masalalar yechimlarini statistikaning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konsepsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq kompleks masalalar bilan bog‘lik kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

61010400 - Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

taʼlim yoʻnalishi – fan va turizm sohasidagi taʼlim yoʻnalishi boʻlib, turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy-meʼyoriy asoslarini takomillashtirish, turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv tarkibini shakllantirish, biznes strategiyasini tahlil qilish, maxsulot va xizmatlarni reklama qilish, marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, turizm korxonalarida xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etish, xizmatlar bozorini segmentlash, turizm mahsulot isteʼmolchilari xulq-atvorini oʻrganish, turizm korxonalari faoliyatini boshqarish, raqobatbardoshlik holatini tahlil qilish, turizm korxonalari dasturini tuzish, turli mulkchilik shaklidagi turistik va xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy koʻnikmaga, mutasaddilik kobiliyatiga yoʻnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bogʻliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

Ta’lim yo’nalishi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari hamda yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek norizidentlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va tarkibiy bo‘linmalari, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlari, o‘rta maxsus ta’lim tizimi muassasalari va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi hisob yuritish jarayonlar majmuasida ish yuritish, - buxgalteriya hisobi va audit tizimida korporativ boshqaruv tartib va tamoyillari asosida faoliyat olib boradilar.

60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar; - iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona va muassasalar samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari; - iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida vaziyatli va tizimli yondoshuv tamoyillarini tatbiq etish, davlat va mahalliy boshqaruv qarorlarini amalga oshirish jarayonlari; - tashkilot va korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari; - firma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarni boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni ta’minlash; - ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari -pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan keyin, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.

70410101 - Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

Buxgalteriya hisobi bo‘yicha maxsus fanlaridan bilimlar oladilar

70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

Iqtisodiyot bo‘yicha maxsus fanlaridan bilimlar oladilar

70310109 - Bioiqtisodiyot

Bioiqtisodiyot bo‘yicha maxsus fanlaridan bilimlar oladilar

70411302 - Biznesni boshqarish (Master of Business Administration - MBA)

Biznesni boshqarish bo‘yicha maxsus fanlaridan bilimlar oladilar

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: https://em.tiiame.uz/

Fakultet dekani: Alimov Uchqun Zoirovich

Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00

Tel: +99871 237 19 70

E-mail: economy@tiiame.uz

Tarmoqlarda: