Moliyaviy hisobotlar
Buxgalteriya bo‘limi №2169 Buxgalteriya Xisobining Milliy Standartlari asosida universitetning moliyaviy faoliyatini yuritib, moliyaviy hisobotlarni tuzish va yuqori tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida topshirish va ularning haqqoniyligini ta’minlaydi.
Buxgalteriya bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi g‘aznachiligining “PK UzASBO” milliy dasturida yuritish;
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
- Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
- Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
- Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
- Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
- Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
- Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
- Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
- Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
- Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
- Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
- Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
- Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
- Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.
Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMsi yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish xususiydagi, shuningdek OTMsining moliya-xo‘jalik faoliyatiga, OTMsi tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa majburiyatlarni bajarish.
Bog‘lanish:
Bosh hisobchi - (71) 237-19-11
Hisob-kitob bo‘limi - (71) 237-19-06
Moddiy boyliklar bo‘limi - (71) 237-19-53
Talabalar bo‘limi - (71) 237-19-79
G‘azna - (71) 237-38-67
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti moliyaviy faoliyatia
- 2023 yilning 11 oyida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti daromadlari 127 763,2 mln so‘mni, xarjatlari 109 354,3 mln so‘mni, sof foyda 18 408,9 mln so‘mni tashkil etgan.
- Daromadlarning asosiy qismi o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan bo‘lib, 79 239,0 mln so‘m (jami daromadlarning 72,5 foizi)ni tashkil qildi. Shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt shaklidan 8 288,5 mln so‘m olingan.
- Eng katta xarajatlar ish haqi, unga tenglashtirilgan to‘lovlar, nafaqalar hamda ish haqidan ajratma (yagona ijtimoiy to‘lov)ga sarflangan bo‘lib, bular 67 363,2 mln so‘mni (umumiy xarajatning 61,6 foizi) tashkil etgan. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, joriy yilning yarim yilligida institut professor-o‘qituvchilarga 3 772,3 mln. so‘m moddiy rag‘batlantirish va 212,3 mln.so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi. Faoliyati davomida yutuqlarga erishgan, institutda ta’lim sifatini oshirish, halqaro va milliy reytinglarda munosib o‘rinlarni egallashda o‘z hissasini qo‘shgan bir qator professor-o‘qituvchi va xodimlarga 5 653,6 mln.so‘m ustamalar to‘landi. Talabalarga 378,8 mln.so‘m moddiy rag‘batlantirish va 75,5 mln.so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi. Hisobot davrida xodimlarning o‘rtacha bir oylik ish haqi miqdori 6 013,1 ming so‘mga teng bo‘lgan. Bundan tashqari professor-o‘qituvchi va xodimlarga xordiq chiqarishlari va ma’naviy dam olishlari uchun teatr va muzey, konsert tadbirlariga 110,5 mln.so‘mlik chiptalar tarqatildi, Universitetning faol professor-o‘qituvchi va xodimlari, talaba va magistrlarning Samarqand shahriga sayoxati uyushtirildi.
- Shu bilan birga, talabalar uchun stipendiya to‘lovlariga 20 192,0 mln so‘m (umumiy xarajatning 18,5 foizi), kommunal xarajatlar, saqlab turish va joriy ta’mirlash, ijara uchun 6 062,3 mln so‘m (umumiy xarajatning 5,5 foizi) sarflangan. Tovar va xizmatlar hamda asosiy vositalar xaridi va ularga hisoblangan eskirishlarga 13 117,2 mln so‘m (umumiy xarajatning 12 foizi), xizmat safarlari uchun 2 139,5 mln so‘m (umumiy xarajatning 2,0 foizi, bunda Innovatsion rivojlanish agentligi mablag‘lari hisobidan yosh olim va doktorantlar xorijiy stajirovkalar o‘tab kelganini alohida takidlash mumkin) va boshqa xarajatlarga 437,4 mln so‘m (umumiy xarajatning 0,4 foizi) sarflandi.
Buxgalteriya hisobini yuritishga doir me'yoriy xujjatlar
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 59-son qarori "Oliy ta'lim muassasalari talabalariga to'lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to'lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1030 son qarori "ilm-fan va ta'lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmilmiy pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo'shimcha haq to'lash tartibi to'g'risida"
- O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Tomonidan Ro'yxatga Olingan №2431, O'zbekiston Respublikasi Oliy Va Orta Maxsus Ta'lim Vazirining 508-sonli buyrug'i "Oliyva o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'qitishning to'lov kontrakt shakli va undan tushgan mablaglarni taqsimlash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"
- PROFESSOR-O'QITUVCHILAR TARKIBI VA XODIMLARNING BOSHQA TOIFALARINI BUDJETDAN TASHQARI MABLAG'LAR HISOBIDAN MODDIY RAG'BATLANTIRISH HAMDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY O'QUV YURTLARI XODIMLARINI MODDIY RAG'BATLANTIRISHNING ASOSIY MEZONLARI TO'G'RISIDAGI NIZOMNI O'Z KUCHINI YO'QOTGAN DEB TOPISH TO'G'RISIDA [O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-yanvarda ro'yxatdan o'tkazildi, ro'yxat raqami
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414-son qarori "Byudjet tashkilotlarini mablag' bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to'g'risida"
Muassasa byudjeti
Moliyaviy hisobot
Balans
Oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tarmoq, shtatlar va kontengentga doir rejaning hisoboti
- Oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tarmoq, shtatlar va kontengentga doir rejaning hisoboti
- Oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tarmoq, shtatlar va kontengentga doir rejaning hisoboti 01.04.2023 holati
TIQXMMI o'z faoliyatiga oid hisoboti to'g'risidagi ma'lumot
OTM ning tasdiqlangan yarim yillik va (yoki) yillik ish rejalari to'g'risidagi ma'lumot
So'nggi yillarda soxaga oid o'zgarishlar
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-42-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori.
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-61-sonli “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori.
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni. Ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ma’lumki, bugungi kunga qadar amal qilib kelingan tartib bo‘yicha jismoniy shaxslardan soliq shkalasi asosida hisoblab chiqilar, bunda maoshning eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha qismi 7,5%, besh baravaridan o‘n baravarigacha qismi 16,5%, undan yuqori qismi 22,5% stavkada daromad solig‘I ushlanar edi. Bundan tashqari, ish haqidan pensiya jamg‘armasi uchun 8 foizlik majburiy sug‘urta to‘lovi undirilar edi. Endilikda esa jismoniy shaxsning daromadlaridan faqat 12 foizlik stavka bo‘yicha soliq undiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5597-son Farmoniga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi.Shuningdek, 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha oshirildi.Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash to‘g‘risida» 1995 yil 20 noyabrdagi PF-1289-son Farmoni 2019 yil 1 yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotdi. Institutda 2019 yilda o‘tkaziladigan ichki audit rejasi asosida, institut shtat jadvalida bosh hisobchi o‘rinbosari - auditor lavozimi kiritilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi institutda moliyaviy faoliyatning amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar asosida to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish va ichki auditni tashkillashdan iborat.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
2022 yilda choraklar kesimida quyidagi moliyaviy operatsiyalar bo'yicha ichki audit o'tkazilishi rejalashtirilgan
2022 yil 1-chorak
- Institutda Buxgalteriyaga oylik hisobot topshiruvchi bo‘limlar (Markaziy omborxonasi, Qurilish brigadasi, Boshenergetika bo‘limi, Boshmexanika bo‘limi, Bosmaxona, O‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi)ning oylik hisobotlari to‘g‘ri tuzilishini nazorat qilish.
- 2021yilda institutda tovar va xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar to‘g‘ri rasmiylashtirish.
- Institutga kirim qilingan, tarqatilgan va ichki almashilgan tovar moddiy boyliklarni talabnoma yoki bildirishnoma asosida yuk xatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish.
- Yaroqsiz holga kelgan tovar moddiy qiymatliklar o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqarilish holatini nazorat qilish.
2022 yil 2-chorak
- Institut professor-o‘qituvchi va xodimlariga oylik ish haqining to‘g‘ri hisoblanishini nazorat qilish.
- Talabalarga stipendiyalarning buyruq asosida to‘g‘ri tayinlanish nazorat qilish.
- Kassa operatsiyalarining amaldagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha yuritilishini ta’minlash.
2022 yil 3-chorak
- Professor-o‘qituvchi va xodimlarga mehnat ta’tili, foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanishi nazorat qilish.
- Institutning debitor va kreditor qarzdorlik holatini nazorat qilish.
- Birja savdolari orqali xarid qilinayotgan tovar va xizmatlarning “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelishini ta’minlash.
2022 yil 4-chorak
- Institutdagi asosiy vosita va tovar moddiy qiymatliklarni yillik yo‘qlamadan o‘tkazilishi va haqqoniyligi nazorat qilish.
- Institutda ijara shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish.
- Elektr va issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv hamda tabiiy gazdan foydalanishda limitlarga amal qilinganlik holatini nazorat qilish.
- Yotoqxona to‘lovlarini vaqtida va to‘g‘ri undirilishini nazoratdan o‘tkazish.
Eng ko'p beriladigan savollar
1. Ish haqi, unga tenglashtirilgan to‘lovlar va stipendiyalarni 100% plastik kartochkaga o‘tkazish mumkinmi?
Javob: Ish haqi, unga tenglashtirilgan to‘lovlar va stipendiyalarni har bir ishchi xodim va talabalar o‘z xohishiga ko‘ra, shaxsiy arizasiga asosan 100% plastik kartochkaga o‘tkazilishi mumkin.
2. Talabaning kontrakt to‘lovi ortiqcha to‘langan bo‘lsa, uni qaytarib olish imkoni bormi?
Javob: Talabaning kontrakt to‘lovi ortiqcha to‘langan bo‘lsa, solishtiruv dalolatnomasi tuziladi va shundan so‘ng agar haqiqatdan ham ushbu to‘lov ortiqcha to‘langanligi aniqlansa, to‘lovchining arizasiga asosan ortiqcha hisoblangan to‘lov kelgusi o‘quv yiliga yoki to‘lovchining hisob raqamiga o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi.
3. Ish haqi, pensiya va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni oyma-oy ma’lumotini bilib borish imkoni bormi?
Javob: Buning uchun xodim tashkilot buxgalteriyasiga murojaat qilishi kerak. Buxgalteriya tomonidan PK UsASBO dasturiga xodimning telefon raqami kiritiladi. Xodim telefonidagi TELEGRAM dasturi orqali @Oylikbot botiga kirib, o‘ziga kerakli bo‘lgan oy uchun hisoblangan ish haqi, pensiya va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni bilishingiz mumkin.
4.Talabalarga stipendiya qay tartibda to`lanadi?
Javob:Talabalarga stipendiyalar O`zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31yanvardagi 59-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomiga asosan to`lanadi.
Kutubxona bo'yicha xaridlar