Universitet odob axloq kodeksi
UNIVERSITET ODOB AXLOQ KODEKSI
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Odob-axloq kodeksi"
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Odob-axloq kodeksi" universitetning professor-oʻqituvchilari va boshqa xodimlari (texnik, yordamchi), talaba-magistrantlari, doktorantlari kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, taʼlim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Odob-axloq kodeksining maqsadlari:
- xodim, talaba va doktorantlar madaniyatini milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish;
- taʼlim muassasalariga oid odob-axloqning tushunchasini shakllantirish va takomillashtirib borish;
- xodim, talaba va doktorantlarni Universitet va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash;
- taʼlim muassasasida kiyinish, tashqi koʻrinish va xulq-atvorga boʻlgan talablarni oʻrnatishdan iboratdir