Yo'nalishlar
70410101-Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistratura mutaxassisligi - iqtisodiyot sohasidagi taʼlim yoʼnalishi boʼlib, u oʼz ichiga davlat budjeti tashkilotlarida buxgalter, auditor, aktsidorlik jamiyatlarida moliya boʼlimlarida, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar buxgalteriya boʼlimlari va ichki audit boʼlimlarida, auditor hamda auditorlik tashkilotlarida, autsorsing tashkilotlarida, sugʼurta, soliq hamda bank tashkilotlari bilan bogʼliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalari boʼyicha xoʼjalik yurituvchi subyektlarda biznes jarayonlari va ularni hisobga olish, taʼminot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini tashkil qilish va hisobini yuritish, mahsulot tannarxini aniqlash, pul mablagʼlari hisobini yuritish hamda moliyaviy natijalarni aniqlash va ularni tahlil qilish, xoʼjalik yurituvchi subyektlari moliyaviy faoliyatini rivojlantirish yoʼnalishlarini ishlab chiqishga doir obʼektlarda moliyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash va baholash, umumiy oʼrta va oʼrta maxsus, kasbhunar taʼlimi tizimi, ixtisoslashgan texnikumlar, moliya-bank sohasiga xizmat koʼrsatuvchi tashkilotlar, muassasalarda moliyaviy-iqtisodiy, hisob, tahlil va nazorat, tashkiliy-boshqaruv faoliyati, ilmiy-tadqiqot, pedagogika kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.
70722601-Geodeziya va geoinformatika
Geodeziya va geoinformatika magistratura mutaxassisligi - ushbu mutaxassislik fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish sohasi hisoblanadi. Oʼz ichiga Yer resurslaridan oqilona foydalanish; uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish, yer monitoringi, geodeziya, kartografiya, topografiya va geoinformatika soxasi, sunʼiy yoʼldosh tizimi, aerokosmik suratga olish, yerlarni masofadan zondlash, kartografik monitoringni amalga oshirish; davlat kadastrini tizimini yuritish;Geodeziya, kartografiya va geoinformatika faoliyatini yuritish bilan bogʼliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining yer resusrlari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, zamonaviy geodezik va kartografik asboblar, raqamli va kosmik suratlar, fazoviy maʼlumotlar bazasi, rastrli va vektorli maʼlumotlar, geoinformatika loyihalari, yuqori aniqlikdagi geodezik-kartografik asbob-uskunalar, geografik axborot tizimi obyektlarida ilmiy-tadqiqot, tashkiliy boshqaruv, loyihaviy konstruktorlik, texnologik, Geodeziya, kartografiya va geoinformatika sohasi boʼyicha bosh mutaxassis, yer tuzuvchi, geodezist, kadastr inspektori, kartograf, topograf, uchuvchisiz uchish qurilmasi operatori, toponomika, texnik, muhandis, roʼyxatga oluvchi kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.
70810601-Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish
“Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish” magistratura mutaxassisligi - Oliy, malaka oshirish va qayta iayyorlash, kasb-xunar taʼlim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni oʼqitish; “Davergeodezkadastr” qumitasi, Davlat boshqaruvi organlari, geodeziya va kartografiya sohasining turli xillarini ishlab chiqaruvchi va ulardan foydalanuvchi, irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmalari, sugʼorish tizimi boshqarmalari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar turli shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlari majmui. “Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish” mutaxassisligi boʼyicha magistrlar kasbiy faoliyatining obʼektlari: “Davergeodezkadastr” qumitasi, tizimining tashkilotlari oʼquv tarbiya jarayoni, yer va suv resurslari, yerdan foydalanish tizimlari, yerdan foydalanuvchi subʼyektlar va maʼmuriy-xududiy birliklar; ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlari.
70711401-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (suv xo‘jaligida)
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish Bu magistratura mutachassisligi magistr tayyorlovchi oliy taʼlimning oʼquv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashgʼulotlarini toʼliq oʼzlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʼtgan shaxsga “magistr" malakasi (darajasi) hamda oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.Ishlab chiqarishda suv xoʼjaligi tizimlari, gidroelektrostantsiyalar, nasos stantsiyalari, gidrotexnika inshootlarida avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini algoritm va matematik taʼminotini ishlab chiqish, montaj, sozlash,ishga tushirish va ekspluatatsiya ishlarini tashkil qilish. Xamda suv xoʼjaligi kompleksida avtomatlashtirish qurilmalari, mikroprotsessor va kompyuter texnologiyalari va dasturiy taʼminotidan foydalanish ishlari. Loyihakonstruktorlik, avtomatik boshqarish tizim muxandisi, avtomatikaning texnik vositalarining ekspluatatsiyasi, taʼmirlash, montaj, sozlash va servis xizmat koʼrsatish, sohalari boʼyicha montajchi, texnik, master, muhandis, bosh muhandis, korxona rahbari lavozimlarida faoliyat olib borish uchun kerakli bilimlarni egallash imkonini berdi.
70810101-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)
Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish mutaxassisligi boʼyicha magistrlar kasbiy faoliyatining sohalari yer, suv va moddiy-texnika resurslari, kishloq xoʼjaligi ekinlari, chorva mollari, parranda va boshqa jonivorlarni parvarishlashda qoʼllaniladigan mexanizatsiyalashgan texnologiyalar, mashina va asbob -uskunalar, qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarish jarayonlari, agrosanoat majmui korxonalari va tashkilotlarining boshqaruv tizimlari, qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash boʼyicha ilmiytadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlari, texnikalardan samarali foydalanish va texnik servishamda agrar sohada mashinalardan foydalanish bilan bogʼliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar boʼyicha) mutaxassisligi boʼyicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining obʼektlari: yer, suv va moddiy-texnika resurslari, qishloq xoʼjaligi ekinlari, mashina va asbob-uskunalar, qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashdagi ishlab chiqarish, ilmiytadqiqot va loyiha-konstruktorlik jarayonlari, agrosanoat majmui korxonalari va tashkilotlarining boshqaruv tizimlari, oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar, malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasalaridagi oʼquv jarayonlari.
70810502-Suv xo‘jaligida Smart (intellektual) o‘lchash tizimlari va asboblari
Suv xoʼjaligida Smart (intellektual) oʼlchash tizimlari va asboblari mutaxassisligi - fan, texnika va texnologiyalar, ishlab chiqarish hamda xizmat koʼrsatish sohasidagi mutaxassislik boʼlib, u oʼz ichiga intellektual oʼlchash tizimlari va asboblari, ularni loyihalash va ishlab chiqarish, ishlab chiqarish texnologiyalari, fizik kattaliklarni zamonaviy oʼlchash usullari va vositalaridan foydalanish bilan bogʼliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining ishlab chiqarish jarayonlari, intellektual oʼlchash tizimlari va asboblari, yuqori aniqlikka ega intellectual oʼlchash va nazorat qilish tizimlarini loyihalash, zamonaviy oʼlchash datchiklari, raqamli texnik vositalar ishlab chiqarish obyektlarida sunʼiy intellekt, samarali algoritmlar, programmalar va intellektual texnik vositalar, sugʼorish tizimlarida optimal sugʼorish rejimlarini taʼminlash, intellektual datchiklarni joriy etish, gidromeliorativ tizimlarda intellektual oʼlchash, suv xoʼjaligi ishlab chiqarish tarmoqlarida zamonaviy intellektual oʼlchash tizimlari va asboblari yordamida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va energiya resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq qilish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.
70812302-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik
Melioratsiya va sugʼorma dehqonchilik magistratura mutaxassisligi-tegishli bakalavriat taʼlim tizimining bitiruvchilarining kasbiy faoliyat sohalari, muayyan tabiiy xoʼjalik sharoitlarida sugʼoriladigan yerlarda resurslarni boshqarish xamda ulardan samarali foydalanish, keng koʼlamli sugʼorish ishlari natijasidagi ekologik muhitning oʼzgarishi, tabiiy sharoitlarni oʼrganishda melioratsiya va meliorativ fanning asosiy ilmiy-texnik muammolari suv va yer bilan bogʼliq faoliyatlarni olib borish sohalari. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining tegishli magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining kasbiy faoliyatlari obʼektlari, suv xoʼjaligi va melioratsiya obʼektlari, ilmiy-tadqiqot, ilmiy ishlab chiqarish obʼektlari, melioratsiya va sugʼorma dehqonchilikda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish obʼektlari, irrigatsiya va melioratsiya soxasidagi normativ-xuquqiy xujjatlar kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.
70812306- Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari
Suv tejamkor sugʼorish texnologiyalari magistratura mutaxassisligi-suv resurslarini bashorat qilish, muayyan tabiiy xoʼjalik sharoitlarida suv, yer resurslarini boshqarish, suv tejamkor sugʼorish texnologiyalarini qoʼllash, suv oʼlchov vositalari xamda qurilmalaridan foydalanish, qishloq xoʼjaligi ekinlarini suvga boʼlgan talabidan kelib chiqqan holda qondirish, sugʼoriladigan yerlarni suv bilan taʼminlashni takomillashtirish. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining Qishloq va suv xoʼjaligi vazirligi tasarrufidagi tashkilotlari, Davlatlararo suv xoʼjaligi komissiyasi, Suv xoʼjaligi va melioratsiya obʼektlari, Irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmalari, Amudaryo va Sirdaryo suv xoʼjaligi birlashmalari, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va qishloq va suv xoʼjaligi boʼyicha tarmoq ilmiy-tadqiqot xamda loyiha institutlari, Qishloq va suv xoʼjaligi boshqarmalari, Irrigatsiya va melioratsiya sohasidagi normativ-xuquqiy xujjatlar kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.
70812307-Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish
Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish magistratura mutaxassisligi muayyan tabiiy xoʼjalik sharoitlarida suv resurslarini barqaror boshqarish xamda ulardan samarali foydalanish strategik yoʼnalishlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish, suv resurslaridan mukammal foydalanish va tizimni boshqarishning ilgʼor shakllari va usullarini ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish jarayonlarini taʼminlashga qaratilgan bilimlarga, kasbiy koʼnikmalarga va qobiliyatiga yoʼnaltirilgan inson faoliyatini majmuasini oʼz ichiga oladi. Magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari quyidagi sohalarda oʼz kasbiy faoliyatlarini yuritadilar: suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan iqtisodiyotning turli yoʼnalishlarida samarali foydalanish, suv resurslarini muhofaza qilish, tozalash, zararsizlantirish va ularga maxsus ishlov berish uslublari, texnologiyalari, jihozlari va inshootlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish; suv resurslaridan mukammal foydalanish ishlarini yangi xavfsiz, barqaror texnologiyalar va usullar asosida olib borish va strategik yoʼnalishlarni ishlab chiqish va tadqiq qilish.
70530804-Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi
Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi mutahassislik bo’yicha fan va texnika, Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida suv xo’jaligi, irrigatsiya va gidrotexnika inshootlarida oid fanlarni o’qitish; O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi, “UzbekGidroEnergo” AJ, Qishloq xo’jaligi, Uy-joy communal xizmat ko’rsatish vazirliklari va ularning tasarrufidagi tashkilotlar, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va soha bo’yicha tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, O’zbekiston Davlat boshqaruvi organlari, irrigatsiya tizimi havza boshqarmalari, ularning istiqbolini belgilashda, usullar va uslublarning majmuasini qamrab oladi. Ishlab chiqarishda suv xoʼjaligi sohasida, gidrotexnik inshootlarida gidravlik va gidrologik jarayonlarni baholash. ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda suv va yer resurslaridan foydalanish, ularni baholash, muhofaza qilish bilan bog‘liq tadqiqotlarda qatnashish, eksperimental-loyihaviy tadqiqotlarni o‘tkazishda na’munaviy metodikalar va texnik vositalar hamda qurilmalarni qo‘llay olish, gidravlika va muhandislik gidrologiyasi sohasidagi maxsus adabiyotlar, ilmiy texnikaviy ma’lumotlar, xorijiy davlatlar va respublikamizda erishilayotgan fan va texnika sohasidagi yutuqlarni o‘rganish, daryo o‘zanidagi va kanallardagi gidrotexnik inshootlarini, gidromeliorativ tizimlarni suv va sel omborlarini ishlatish va loyihalashni ta’minlash, shu jumladan gidravlik jarayonlarni kompyuter dasturlaridan, GAT texnologiyalardan foydalangan holda tadqiqotini tashkil etish, tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha gidravlik va gidrologik modellarni yaratish, namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash.
70812401-Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish
Gidromelioratsiya ishlarni mexanizatsiyalashtirish magistratura mutaxassisliklari boʼyicha magistrlar kasbiy faoliyatining sohalari: Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, oʼrta maxsus taʼlimi muassasalarida mutaxasislikka oid fanlarni oʼqitish; Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi va ning tasarrufidagi tashkilotlari, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va suv xoʼjaligi boʼyicha tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari , sugʼorish tizimlari boshqarmalari, suv qurilishi tashkilotlari majmui. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyatlarining obʼektlari oʼquv-tarbiya jarayoni; gidromelioratsiya ishlarini exanizatsiyalash; gidromelioratsiya mashinalariga tizimli xizmat koʼrsatish; gidromelioratsiya mashinalari konstruktiv loyihalari; ilmiy tadqiqotlar va loyihalar. Kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat obʼektlarida qoʼshimcha va oʼzgarishlar boʼlishi mumkin.
71020201-Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (qishloq va suv xo‘jaligida)
Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: Oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida padagogik faoliyat; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiytadqiqot institutlarida va markazlarda hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot faoliyati va jarayonlar; ishlab chiqarish korxonalarida inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xavflardan ishchilar mehnatini muhofaza qilish; ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar; xavfsizlikni ta’minlash masalalariga oid huquqiy-me’yoriy xujjatlar; xafvlarni, risklarni baholash usullari va vositalari; inson va uning yashash muhitini xavflardan muhofazalash usullari va vositalari. Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyat turlariga quyidagilar kiradi: Ilmiy tadqiqot faoliyati; Ishlab chiqarish faoliyati; tashkiliy-boshqaruv faoliyati; Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik hamda umumiy o‘rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyati (o‘rnatilgan tartibda); ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyatilarini o‘z ichiga oladi.
70812501-Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi magistratura mutaxassisligi - ushbu mutaxassislik fan va texnika, Oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida suv xoʼjaligi, irrigatsiya va gidrotexnika inshootlariga oid fanlarni oʼqitish; Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi tasarrufidagi tashkilotlari, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va suv xoʼjaligi oʼyicha tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari, havza tizim boshqarmalari, sugʼorish tizim boshqarmalari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar turli xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlar majmuini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining suv resusrlari, gidrotexnika inshootlari, Suv xoʼjaligi vazirligi tasarrufidagi inshootlar, fazoviy maʼlumotlar bazasi, gidrotexnika inshootlarini loyihalari, yuqori aniqlikdagi gidrotexnika inshootlari asbob-uskunalar obʼektlarida gidrotexnika inshootlaridan foydalanish jarayoni, gidrotexnika inshootlarining ishonchliligini baholash, xavfsizligini taʼminlash nazorati, oʼquv-tarbiya jarayoni, loyiha, loyiha-qidiruv va loyiha-smeta hujjatlari, ilmiy tadqiqot jarayonlari, texnik, muhandis, roʼyxatga oluvchi kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.
70730901-Gidrotexnika inshootlari (suv xo‘jaligida)
Gidrotexnika inshootlari (suv xo‘jaligida) mutaxassislik boʼyicha fan va texnika, Oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida suv xoʼjaligi, irrigatsiya va gidrotexnika inshootlariga oid fanlarni oʼqitish; Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi tasarrufidagi tashkilotlari, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va suv xoʼjaligi boʼyicha tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari, havza tizim boshqarmalari, sugʼorish tizim boshqarmalari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar turli xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlar majmuini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining suv resusrlari, gidrotexnika inshootlari, Suv xoʼjaligi vazirligi tasarrufidagi inshootlar, fazoviy maʼlumotlar bazasi, gidrotexnika inshootlarini loyihalari,qurilishi, oʼquv-tarbiya jarayoni, loyiha, loyiha-qidiruv va loyiha-smeta hujjatlari, ilmiy tadqiqot jarayonlari, texnik, muhandis, roʼyxatga oluvchi kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.
70730904-Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil yetish va texnologiyasi
Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish va texnologiyasi magistratura mutaxassisligiarxitektura va qurilish sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim tashkilotlarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari, havza boshqarmalari, sug‘orish tizimi boshqarmalari, suv qurilishi va irrigatsiya trestlari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar turli xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlari sub’ektlarida gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish va texnologiyasiga oid kompleks masalalarni hal etish, shuningdek arxitektura va qurilish tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishda ishlarni tashkil etish, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
70812502-Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi
Nasos stantsiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashhisi magistratura mutaxassisligi - ushbu mutaxassislik fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish sohasi hisoblanadi. Oʼz ichiga turli xil nasoslarni mahalliy sharoitda ishlash nazariyasini bilish, nasos stantsiyalarini qurish uchun loyiha-qidiruv ishlarini olib borish, zamonaviy loyihalash usullarida loyihalash, qurish, taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish hamda ekspluatatsiya-ishlatishni amalga oshirish, resurslarni tejash orqali nasos tantsiyalarini samarali ekspluatatsiya qilishni yoʼlga qoʼyish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining mos kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalari; nasos stantsiyalari va qurilmalaridan foydalanish; nasos stantsiyalari va qurilmalarini ishlatishning samarali jarayonlari; nasos stantsiyalari va qurilmalarini tashxisi; irrigatsiya tizimlaridagi nasos stantsiyalari va qurilmalarini qurish, ulardan foydalanish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash va boshqalarda kasbiy faoliyat turlari bilan shugʼullanadi.
70111202-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
Muhandislik grafikasi va duzayn nazariyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: Oliy, malaka oshirish, qayta tayyorlash va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiytadqiqot institutlarida, ilmiy markazlarda va loyiha konstruktorlik korxonalarida ilmiy tadqiqotkonstruktorlik ishlari olib borish, sanoatning barcha tarmoqlari hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlarida, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar turli xil shakldagi mulk, sanoat va loyihalash tashkilotlar majmui, Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarining loyihalash bòlimlarida faoliyat olib borishi. Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyat turlariga quyidagilar kiradi: Loyihaviy-konstruktorlik faoliyat; Ishlab chiqarish - texnologik faoliyat; Ilmiy - tadqiqot faoliyat; tashkiliy-boshqaruv faoliyati; Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiypedagogik hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyati (o‘rnatilgan tartibda); Konsalting xizmati faoliyati va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
70710401-Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim dasturi Markaziy Osiyoning landshaftlari va ekotizimlaridagi hayvonot dunyosi bilan birgalikda flora va faunasini koʼpayishi va kamayishi, tabiiy landshaftlarda inson faoliyati natijasida roʼy beradigan oʼzgarishlar va ularni bashoratlash, landshaftning morfologik qismlari va ular orasidagi bogʼliqlikni, yer sayyorasidagi landshaftlarning asosiy turlari, tabiiy landshaft zonalarni oʼrganishi, tuproq eroziyasi turlar va muammolari, eroziyaga qarshi kurashishning chora tadbirlarni, eroziyani baholash usullari, tuproq va suv eroziyasini pasaytirish choralari hamda turli eroziya jarayonlarini modellashtirishni oʼrganishi, suv miqdoriga global miqyosda boʼlgan talab oshib ketmoqda, yer usti va osti suv manbalarining qurib qolishi, hamda ularning ifloslanishi, bioxilmaxillikning yoʼqolishi, qurgʼoqchilik, suv toshqini va boshqa antropogen taʼsirlar sodir boʼlishi sababli suv resurslarini integratsiyalashgan usullar bilan boshqarish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi. Atrof-muhit muhofazasi (Xalqaro yer va suv resurslarini boshqarish) mutaxassisligi boʼyicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo'mitasi, Oʼzbekiston Respublikasi yer resurslari.
70411201-Menejment (suv xo‘jaligida)
Menejment (suv xo‘jaligida) ta'lim dasturi oʻzining individual bilimlariga tayangan holda ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega boʻlgan muammolarni tushunishi va ularni tahlil qilishi, oʻz faoliyatida meʼyoriyhuquqiy hujjatlardan foydalana olishi, fikrlash madaniyati, muayyan tafakkur uslubiga, ogʻzaki va yozma nutqini aniq bayon qilish qobiliyatiga ega boʻlishi, oʻzlashtirilgan bilimlarni ijodiy tanqidiy koʻrib chiqish va tahlil qilishi, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi, ilmiy faoliyati natijalarini his qilishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy masʼuliyat shakllangan boʻlishi, kasbiy faoliyatda oʻzlashtirgan fanlarning asosiy qonunlaridan foydalanishi, metodlarni tasniflashi, metodologik tamoyillardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi, xorijiy tillardan birini ilmiy muloqot va kasbiy malaka almashish vositasi sifatida egallagan boʻlishi, axborot toʻplash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish usullarini egallashi, oʻzining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi, axborot, bilim, maʼlumotni bir-biridan farqlash malakasiga ega boʻlishi, axborot texnologiyalaridan foydalana olishi, bugungi axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglash, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish qobiliyatiga ega boʻlishi, internet tarmogʻidan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullari.
70412501-Marketing (suv xo‘jaligida)
Marketing (suv xo‘jaligida) ta'lim dasturi yangi bilimlarni mustaqil oʻzlashtira olishi, takomillashtirishi va oʻz mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi, oʻzining individual bilimlariga tayangan holda ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega boʻlgan muammolarni tushunishi va ularni tahlil qilishi, oʻz faoliyatida meʼyoriyhuquqiy hujjatlardan foydalana olishi, fikrlash madaniyati, muayyan tafakkur uslubiga, ogʻzaki va yozma nutqini aniq bayon qilish qobiliyatiga ega boʻlishi, oʻzlashtirilgan bilimlarni ijodiy tanqidiy koʻrib chiqish va tahlil qilishi, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi, ilmiy faoliyati natijalarini his qilishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy masʼuliyat shakllangan boʻlishi, kasbiy faoliyatda oʻzlashtirgan fanlarning asosiy qonunlaridan foydalanishi, metodlarni tasniflashi, metodologik tamoyillardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi, xorijiy tillardan birini ilmiy muloqot va kasbiy malaka almashish vositasi sifatida egallagan boʻlishi, axborot toʻplash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish usullarini egallashi, oʻzining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi, axborot, bilim, maʼlumotni bir-biridan farqlash malakasiga ega boʻlishi, axborot texnologiyalaridan foydalana olishi, bugungi axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglash, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish qobiliyatiga ega boʻlish.
70412301-Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish magistratura mutaxassisligi - ushbu mutaxassislik fan va va texnika, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish sohasi hisoblanadi. Oʼz ichiga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, turli mulkchilik shaklidagi tarmoqlar va korxonalarida, qishloq va suv xoʼjaligi tarmoqlarining iqtisodiy, marketing, moliyaviy, iqtisodiy tahlil boʼlimlari, davalat va mahaliy boshqaruv tizimining iqtisodiy, boshqarish, rejalashtirish, prognozlash va tahlil etish xizmatlari majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining, Suv xoʼjaligi tizimida ijtimoiy-iqtisodiy modellashtirish va prognozlash, innovatsion loyihani rejalashtirish va boshqarish, moliyalashtirish, fundamental, amaliy tadqiqotlar, korxonalarining samaradorligi tahlili, hisobot yuritish, shartnomamunosabati, qurilish smetalari, texnik-iqtisodiy asosnoma, biznes-reja, suv xoʼjaligi tashkilotlarining iqtisodiy tizimi obʼektlarida ilmiy-tadqiqot, tashkiliy boshqaruv, loyihaviy konstruktorlik, texnologik, Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish boʼyicha bosh iqtisodchi, iqtisodiy tarmoqlarni boshqaruvchi, moliya, reja va meʼyorlash, xisob va xisobot yurituvchi, ekspert iqtisodchi, iqtisodchi - tashkilotchi, loyihalarni iqtisodiy asoslash kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.
70710601-Elektr ta’minoti (suv xo‘jaligida)
Elektr ta'minoti mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyat sohalari: Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tekshirish kasbiy faoliyati sohalari: institutlari hamda oliy oʼquv yurtlarining ilmiy-tadqiqot boʼlimlarida, oliy taʼlim muassasalarida, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bogʼliq akademik, ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim tizimi muassasalarida, davlat boshqaruvi va uning turli hududiy boʼlinmalarida, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, tarqatish, taqsimlash va hisob-kitoblarni olib borish, elektr uskunalar ekspluatatsiyasi, energiya nazorati, sinash, sozlash, tuzilmalar, jarayonlar va bu jarayonlarni tadqiqot qilish va takomillashtirish, ularni ishlatishning samarali jarayonlari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash konstruktorlik institutlarida faoliyat yuritishni o'z ichiga oladi.
70710901-Energiya tejamkorligi va energoaudit (suv xo‘jaligida)
Energiya tejamkorligi va energoaudit mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyat sohalari: Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tekshirish institutlari hamda oliy oʼquv yurtlarining ilmiy-tadqiqot boʼlimlarida, oliy taʼlim muassasalarida, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bogʼliq kademik, ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim tizimi muassasalarida, davlat boshqaruvi va uning turli hududiy boʼlinmalarida, energiyani ishlab chiqarish, uzatish, tarqatish, taqsimlash, isteʼmol qilish va hisob-kitoblarni olib borish, energetik uskunalar ekspluatatsiyasi, energiya nazorati, tuzilmalar, jarayonlar va bu jarayonlarni energiya tejamkorligi asosida tadqiq qilish va takomillashtirish, ularni ishlatishning samarali jarayonlarida, ilmiy-tadqiqot va loyihalash-konstruktorlik sohalarida faoliyat yuritishni o'z ichiga oladi.
70711001-Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
Muqobil energiya manbalari mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyat sohalari: Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tekshirish institutlari hamda oliy oʼquv yurtlarining ilmiy-tadqiqot boʼlimlarida, oliy taʼlim muassasalarida, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bogʼliq akademik, ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim tizimi muassasalarida, gidroelektr stantsiyalar va uning hududiy boʼlinmalari, katta quvvatli quyosh fotoelektrik stantsiyalarida, biogaz qurilmalari va kogeneratsion biogaz elektr stantsiyalarida, bio yoqilgʼi olish stantsiyasida, vodorod yoqilgʼisini olish tizimlarida, geotermal elektr stantsiyalarida, quyosh issiklik qurilmalari va tizimlarida, muqobil energiya manbalari energetik qurilmalarini ishlab chiqarish kichik korxonalarida, muqobil yoqilg'i resurslarini ishlab chiqarish obʼyektlarida, muqobil energiya manbalar energetik qurilmalarini samarali loyihalash va ulardan foydalanish va taʼmirlash bilan bog'liq xizmat faoliyatlarini o'z ichiga oladi.
70710505-Mini va mikro gidroelektrostansiyalar
Mini va mikro gidroelektrostansiyalar mutaxassisligi bo'yicha magistrlar kasbiy faoliyat sohalari: Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tekshirish institutlari hamda oliy oʼquv yurtlarining ilmiy-tadqiqot boʼlimlarida, oliy taʼlim muassasalarida, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bogʼliq akademik, ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim tizimi uassasalarida, davlat boshqaruvi va uning turli hududiy boʼlinmalarida, davlat statistika qoʼmitasi boʼlimlarida, gidroenergetik qurilmalar, gidroagregatlar, gidroelektr stantsiyalar, nasos stantsiyalari, gidrotexnik inshootlar va qayta tiklanuvchan energiya manbalari asosidagi (gidravlik, quyosh, shamol va boshqa) qurilmalar, suv xoʼjaligi inshootlari va mashinalari, hamda ularning jihozlarining texnologik jarayonlarida, mutaxassislik sohasi texnologik va konstruktorlik ilmiy-ishlab chiqarish muassasalarida, tashkiliy-boshqaruv obyektlarida faoliyat ko'rsatishni o'z ichiga oladi.
70810501-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti
Qishloq va suv xoʼjaligida energiya taʼminoti mutaxassisligi - qishloq xoʼjaligi obyektlarida ishlab chiqarish jarayonlari energetik samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqish va tadbiq qilish; qishloq va suv xoʼjaligi energiya isteʼmolchilari energiya taʼminoti muammolarini hal etish boʼyicha samarali yechimlarini ishlab chiqish, atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish, qishloq va suv xoʼjaligi korxonalarida energetik tekshiruv va audit amaliyotini joriy etilishini tashkil etish majmuini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining qishloq xoʼjaligi obyektlari va korxonalari elektrotexnik uskunalari, texnologik jarayonlari, elektr taʼminot va avtomatik boshqaruv tizimlari, suv xoʼjaligi boshqarmalari elektr tarmoqlari, nasos stantsiyalari va agregatlari, viloyat va tumanlar elektr tarmoqlari korxonalaridagi elektr taʼminoti tizimlari, ilmiy va texnik loyihalari, energiya nazorat va energiya sotish korxonalarida elektr energiyasini nazorat qilish va yetkazib berish tizimlari kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shugʼullanadi.
70812305-Gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish
Gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish magistratura mutaxassisligi boʼyicha magistrlar tayyorlovchi oliy taʼlimning dasturi amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashgʼulotlarini toʼliq oʼzlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʼtgan shaxsga «magistr» malakasi (darajasi) hamda oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi. Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni oʼqitish; Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va suv xoʼjaligi boʼyicha tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va uning tasarrufidagi tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar turli xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlar majmui. Mutaxassislik boʼyicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan xolda magistrlarning kasbiy faoliyat soxalarida qoʼshimcha va oʼzgarishlar boʼlishi mumkin.
70812801- GES qurilishi va ulardan foydalanish
Gidroelektrostansiyalar qurilishi va ulardan foydalanish ta’lim dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida pedagogik; Ilmiy va ilmiy-tadqiqot; Loyihaviy-konstruktorlik-texnologik; Tashkiliy-boshqaruv; Me’yoriy-metodik; Konsalting faoliyati kabilarni o‘z ichiga oladi. Gidroelektrostansiyalar qurilishi va ulardan foydalanish mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: barcha ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimining tashkilotlari va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy-tadqiqot va muassasa tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar: Davlat unitar korxonalari, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Chirchiq-Bo‘zsuv GESlar kaskadi Unitar korxonasi va boshqalar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar turli xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlari hamda boshqalarda faoliyatini yuritish, gidroenergetik inshootlarni quruvchi va ulardan foydalanuvchi tashkilotlar majmuini qamrab oladi.
70810503-Intellektual datchiklar va texnologiyalar
Zamonaviy fan, texnika va yuqori texnologiyalar sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, u o‘z ichiga intellectual datchiklar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari, loyihalash va ishlab chiqarish usullari va vositalardan foydalanish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining ishlab chiqarish jarayonlari, intellektual datchiklar va yuqori texnologiyalar, intellektual o‘lchash,nazorat qilish va boshqarish tizimlarini loyihalash, zamonaviy intellektual datchiklar va raqamli texnik vositalar ishlab chiqarish obyektlarida sun’iy intellekt hamda intellektual texnik vositalar, mahsulotlar sifatini nazorat qilishning intellektual o‘lchash texnikasi, intellektual datchiklarni joriy etish, informatsiya uzatish va qabul qilish, zamonaviy intellektual o‘lchash tizimlari va asboblari yordamida energiya resurslarni tejash va tatbiq qilish, mamlakatda intellectual informatsion - o‘lchash, nazorat va boshqaruv tizimlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya resurslardan samarali foydalanishning monitoringini ta’minlashda ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlarda ilmiy - tadqiqotchi, loyiha konstruktorlik korxonalarida loyihalash muhandisi kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.
70810401-Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi
Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi (Precision Agriculture) - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashda aniq texnologiyalar va texnika vositalari sohasidagi magistratura mutaxassisligi bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda parvarishlanadigan o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘sib rivojlanishini hamda mahsulot ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan jarayonlarni nazoratlash va boshqarish imkonini beradigan texnika va texnologiyalarni mahalliy ish sharoitidan kelib chiqib ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalaridan oqilona foydalanish bilan bog‘liq kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi. Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi (Precision Agriculture) mutaxassisligi boʼyicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat inspeksiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlari, O‘zagroservis uyushmasi, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va qishloq xoʼjaligi boʼyicha tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari va qishloq xo‘jaligi sohasining xar hil turlari bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari hamda xalqaro tashkilot va institutlar.